Yusuf Estes
Yusuf Estes | |
---|---|
![]() Estes 2013-yil Amsterdamda | |
Tavalludi |
Joseph Estes 1-yanvar 1944-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Dini | Islom |
Veb-sayti | yusufestes.com |
Yusuf Estes (1944-yil 1-yanvar, Texas [1]) — amerikalik islomiy olim va daʼvatchi.1991-yilda Xristianlikdan chiqib Islomni qabul qilgan. U 1990-yillarda Qoʻshma Shtatlar qamoqxonalar byurosida musulmon ruhoniysi boʻlib ishlagan va 2000-yil sentabr oyida BMTda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Diniy yetakchilar uchun Butunjahon tinchlik konferentsiyasida delegat sifatida ishtirok etgan[2].
Estes turli islomiy tadbirlarga taklif etiladi va asosiy maʼruzachi sifatida ishtirok etadi. [3] Estes 2012-yil 8-avgustda Dubay xalqaro Qur’oni Karim mukofotini topshirish marosimida yilning eng yaxshi musilmon shaxsi deb topildi [4].
Estes Islom haqida koʻrsatuvlar namoyish qiluvchi bepul Internet va sunʼiy yoʻldosh telekanali Guide US TV asoschisi va rahbari. [5] 2010-yilda Estes Dunyoning 500 ta eng nufuzli musulmonlari roʻyxatiga kiritilgan. [6]
2017-yil noyabrida Estes Singapurning ko‘p irqli va ko‘p dinli jamiyati qadriyatlariga „qarshi“ fikr bildirgani uchun Singapurga kiritilmagan. [7]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ahmed, Akbar S.. Journey Into America: The Challenge of Islam. Brookings Institution Press, 2010 — 303 bet. ISBN 9780815704409.
- ↑ Abidin, Danial Zainal. Islam the Misunderstood Religion. PTS Millennia, 2007 — 180–82 bet. ISBN 9789833604807.
- ↑ „Harmony is the message for gathering at Blackburn's King George's Hall (From This is Lancashire)“. 8-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-noyabr 2014-yil.
- ↑ Shahbandari. „Yusuf Estes Lights Up the Award Ceremony“ (9-avgust 2012-yil). 10-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-iyun 2014-yil.
- ↑ „Dr Shaikh Yusuf Estes named Islamic Personality of 2012“. Khaleej Times (9-iyul 2012-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
- ↑ Yumpu.com. „the 500 most influential muslims s 2010 - BLOG OF KNOWLEDGE“ (en). yumpu.com. Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
- ↑ Arlina Arshad, Regional Correspondent. „American Muslim preacher denied entry into Singapore for expressing divisive views: MHA“. Straits Times. 7-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2017-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Wikimedia Commonsda Yusuf Estes mavzusiga oid fayllar bor. |