Yusuf Bolat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yusuf Bolat
Asl ismi qrim tatarcha: Yusuf Memet oğlu Bolat, Юсуф Мемет огълу Болат
Tavalludi 16-mart 1909-yil
Vafoti 22-oktyabr 1986-yil(1986-10-22)
(77 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Ijod qilgan tillari Qrimtatar tili
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi

Yusuf Bolat ( qrim tatarcha: Yusuf Memet oğlu Bolat, Юсуф Мемет огълу Болат; 1909-yil 16-mart, Alushta - 1986- yil 22-oktabr, Toshkent ) — sovet qrim-tatar yozuvchisi, dramaturg va publitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yusuf Bolat Alushta shahrida tavallud topadi. So‘ng qishloq maktabini bitiradi. Yalta tatar pedagogika texnikumida tahsil olib, Yalta tuman komsomol qo‘mitasida ishlaydi. 1931-yilda u Qrim pedagogika institutining qrimtatar tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kiradi, keyinchali bu oliygohni aspiranturasini bitirib chiqadi[1] .

Urushlararo davrda Qrim davlat tatar drama teatri sahnasida Bolatning yettita pesasi qo‘yiladi. 1937-yilda u SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosiga aylanadi.

1937-yilda Qrim Yozuvchilar uyushmasining yig‘ilishida u o‘z ma’ruzasida, jumladan, Qrim yozuvchilarining keksa avlodi Sovet mamlakati manfaatlariga xiyonat qilib, kitobxonlarni sovet tuzumiga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalayotganini aytadi. Keyinchalik bir qator yozuvchilar, jumladan Irgat Qodir hibsga olinadi.  

Yusuf Bolat 19371939-yillarda Qrim ASSR Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi[1], so‘ng 19391941-yillarda “Sovet edebiyati” (“Sovet adabiyoti”) jurnali muharriri, 1941-yildan “ Qizil qirim ” gazetasi muharriri o‘rinbosari, 1942-yildan Moskvadagi radio qo‘mitasida qrimtatar radioeshittirishlarida mas’ul muharriri lavozimlarida faoliyat yuritadi.

U 1944-yilda O‘zbekistonga surgun qilinib, u yerda o‘qituvchi, so‘ngra jurnalist bo‘lib ishlaydi. Bolat 19611984-yillarda "Lenin bayrog‘i" gazetasida bo‘lim mudiri, keyin mas’ul kotib, so‘ngra muharrir o‘rinbosari bo‘ladi[1] . Bundan tashqari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi unvonini oladi.

Yozuvchi Yusuf Bolat 1986-yilda Toshkentda vafot etadi.  

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijod faoliyati  [tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim asarlari:

  • “Qo‘ng‘iroqlar chalinganda” (“Çañlar qaqılğanda ”) 
  • “Men yashashni xohlayman” (“Yaşamaq isteyim”) 
  • "So‘nggi tun" ("Soñki gece") 
  • "Alim" ("Alim") 
  • "Arza qizi" ("Arzı qız") 
  • "To‘y davom etmoqda" ("Toy devam ete") 
  • Sof yuraklar (“Saf Yürekler”) 
  • "Anifa" ("Anife")

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Абдульвапов Н. „Дом специалистов, в котором в 1930–1940-е гг. жил ряд выдающихся крымскотатарских государственных и культурных деятелей“,. Свод памятников истории, архитектуры и культуры крымских татар. Белгород: КОНСТАНТА, 2018 — 358 bet. ISBN 978-5-906952-68-4. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]