Yuriy Lisyanskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yuriy Fyodorovich Lisyanskiy (1773.2.8, Nejin - 1837.22.2, Peterburg) — rus dengizchi sayyohi, 1-rang kapitani (1809). 1803—06 yillarda "Nadejda" va "Neva" kemalarida uyushtirilgan dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasida "Neva" kemasiga boshchilik qilgan (ekspeditsiya rahbari va "Nadejda" kemasining komandiri I. F. Kruzenshtern edi). 1803 yil avgustda kemalar Kronshtadtdan chikib Gavayi o.larigacha birga suzdilar. U yerdan "Nadejda" Kamchatkaga, "Neva" esa Alyaska tomon yoʻl oldi. Alyaskada bir yildan koʻproq turib, tadqiqot ishlari olib bordi. Qaytishda kemalar Kantonda uchrashib, soʻngra Jan. Afrika tomon birga suzdilar. 1806 yilda ekspeditsiya Kronshtadtga qaytib keldi. Ekspeditsiya Tinch okeanning kam oʻrganilgan r-nlarini tadqiq qildi, gidrografik kuzatishlar olib bordi, etnografik materiallar toʻpladi. L. Boltik, flotida oʻz xizmatini davom ettirib, 1809 yilda isteʼfoga chikdi. Gavayi o.laridan biri, Oxota dengizining shim.dagi yarim orol, Saxalin oroldagi togʻ L. nomi bilan atalgan.

Manbalar[tahrir]

  • Puteshestviye vokrug sveta na korable "Neva" v 1803-1806 godax, M., 1947.

Adabiyotlar[tahrir]

Nevskiy V.V., Pervoye puteshestviye rossiyan vokrug sveta, M., 1951; Shteynburg Ye.L., Slavnie morexodi Ivan Kruzenshtern i Yuriy Lisyanskiy, M., 1954.