Vera Yevgeniyevna Bazarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vera Yevgeniyevna Bazarova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Vera Yevgeniyevna Bazarova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Yekaterinburg, Rossiya
Boʻyi 160
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 191.25
Qisqa dastur 126.34

 

Vera Yevgeniyevna Bazarova (ruscha: Вера Евгеньевна Базарова; 1993-yil 28-yanvar, Yekaterinburg) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Yuriy Larionov bilan birga Vera 2007-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2012-yil Rossiya chempioni, 2011- va 2014-yillardagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan.

Yuliya 2014-yil bahoridan 2016-yil kuzigacha Andrey Deputat bilan juftlikda musobaqalarda chiqishlar qilgan. 2017-yil yanvar holatiga koʻra, bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[1] reytingida 22-oʻrinda turadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vera Bazarova 3 yoshida oʻzining tu`gilgan shahri Yekaterinburgda konkida uchishni boshlagan. U yakkaxon konkida uchuvchi sifatida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan va 12 yoshida murabbiy Lyudmila Kalinina uni oʻz guruhiga taklif qilgan. Bazarova onasi bilan Permga koʻchib oʻtgan edi, ammo u hozir Moskvada yolgʻiz oʻzi istiqomat qiladi[2].

Y. Larionov bilan juftlikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vera Bazarova va Yuriy Larionov juftligi birinchi mavsumda xalqaro miqyosda chiqish qilib, oʻzlarining ilk oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (2007) kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, oʻsha mavsumda ular Tayvanda oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida ikkinchi oʻrinni egallab, Junior Gran-pri finaliga yoʻllanma oldi va u yerda yettinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Juftlik 2014-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatida uchinchi, Sochi Olimpiadasida esa oltinchi oʻrinni egallagan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vera Bazarova 2009-yilda Perm davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kirgan[2].

Dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vera Bazarova va Yuriy Larionov 2010-yilgi Yevropa chempionatida. Erkin dastur.
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur

2014—2015

My way

Frank Sinatra

Adios Nonino

Astor Piazzollo

2013—2014 Titine
Stenli Blek
Paris by Night
Bob Sinkler
Poloveskiye plyaski
Aleksandr Porfiryevich Borodin
2012—2013 Dreams of love
Franz Liszt
Spartak
Aram Xachaturyan
2011—2012 Yearning
Giacomo Puccini


Doktor Jivag
filmi saundtreki
Moris Jarr
2010—2011 Adagio
Secret Garden


Temir niqobli odam

filmi saundtreki
Nik Glenni-Smit

2009—2010 Grust
Igor Kamenskiy


Togʻlar aro yetti yil
filmi saundtreki
John Williams
2007—2008
Boy s tenyu
filmi saundtreki
Aleksey Sheligin
Eragon
filmi saundtreki
Patrik Doyl
2006—2007
Sevgi Tarixi
filmi saundtreki
Fransis Le
Amélie
filmi saundtreki
Yan Tersen

Sport yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 2014 — 2015 2015 — 2016 2016 — 2017
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi 4
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 4 4
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 WD
Qishki Universiada 4
Lombard kubogi 3
Nitsa xalqaro kubogi 2
Tirol kubogi 1
Rossiya chempionati 5 6
Rossiya kubogi 3 1
  • WD — musobaqadan chiqib ketgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (en). ИСУ (5 января 2017). 2016-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Surviving tough times. Vera Bazarova and Yuri Larionov“ (en). 2010-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan.