Yuriy Kalyakin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Kalyakin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Vladimirovich Kalyakin
Tavallud sanasi 1963-yil 25-yanvar
Tavallud joyi NovotroitskRossiya

Yuriy Vladimirovich Kalyakin (1963-yil 25-yanvarda tavallud topgan, Novotroitsk) — sobiq sovet va rus futbolchisi, sport funksioneri.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novotroitskda tugʻilgan, u yerda murabbiy Oleg Ivanovich Alemastsev rahbarligida futbol oʻynashni boshlagan. SSSR chempionatining ikkinchi ligasida u 1981—1982-yillarda Orenburgning „Gazovik“ jamoasi tarkibida debyut qildi. U Donguz sport jamoasida bir mavsum shugʻullanib, soʻngra Aktyubinets Aktyubinsk va „Metallurg“ Magnitogorsk jamoalariga oʻtgan[1].

Ikkinchi ligada Andijonning „Andijon“ (1986), „Start Ulyanovsk“ (1987), Magnitogorskning „Metallurg“ (1988—1989), ikkinchi quyi ligada „Gazovik“ (1990) jamoalarida ham toʻp surgan. 1990-yilda u Novotroitskga qaytdi, 1991—1994-yillarda Novotroitskning „Metallurg“ jamoasi tarkibida milliy chempionatlarda 116 ta oʻyin oʻtkazdi, 18 ta gol urdi[2][3]. U 1993—1994-yilgi Rossiya kubogi oʻyinlarida ishtirok etgan, unda „Metallurg“ 1/8 finalga chiqqan[4].

1995-yilda u Bolqonga koʻchib oʻtdi va u yerda mavsum davomida Sloveniya Birinchi ligasining 23 oʻyinida maydonga tushdi. Yakunda jamoasi 2-oʻrinni egalladi va jamoa safida Yuriy Vladimirovich Kalyakin 7 ta gol urdi[1][2][3]. (veb-saytda Sloveniya Birinchi ligasining 1994—1995 va 1995—1996-yilgi mavsumlarida gol mualliflari roʻyxatida Kalyakin koʻrinmaydi)[5][6].

1996-yilda u tashkiliy ishlarga oʻtdi va oʻsha vaqtga kelib oʻz nomini Nostaga oʻzgartirgan Novotroitsk jamoasining rahbari boʻldi. Keyingi yillarda u FC Nosta[7] sport direktori, prezidenti, bosh direktori boʻlgan. 2007—2008 va 2008—2009-yilgi mavsumlarda u „Yujniy Ural“ „Orsk“ xokkey jamoasining bosh direktori boʻlgan[8][9]. 2009—2011-yillarda „Gazovik Orenburg“ futbol jamosi direktori boʻlgan. 2013-yil dekabr oyidan Novotroitsk „Nosta“ futbol jamoasi bosh direktori bo‘ldi[1][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Юрий Калякин вновь во главе ФК «Носта»“. novotroisk.bezformata.com. «Гвардеец труда» (2013-yil 3-dekabr). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  2. 2,0 2,1 „Поздравляем Юрия Калякина с днем рождения!“. fc-nosta.ru. Официальный сайт ФК «Носта» (2017-yil 25-yanvar). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  3. 3,0 3,1 „С юбилеем, Юрий Владимирович“. fc-nosta.ru. Официальный сайт ФК «Носта» (2018-yil 25-yanvar). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  4. „Калякин Юрий Владимирович. Кубок России 1993/94. Участие в играх“. Sportbox.ru. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  5. „Statistika - 1.Slovenska nogometna liga 94/95. Lestvica strelcev“ (sl). prvaliga.si. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  6. „Statistika - 1.Slovenska nogometna liga 95/96. Lestvica strelcev“ (sl). prvaliga.si. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  7. „Назначен новый гендиректор «Носты»“. Sport-express.ru (2005-yil 19-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  8. „Калякин Юрий Владимирович“. r-hockey.ru. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  9. „Хоккейный клуб «Южный Урал» вновь остался без руководства“. orsk.ru (2009-yil 22-iyun). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  10. „Руководство“. fc-nosta.ru. Официальный сайт ФК «Носта». 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]