Kontent qismiga oʻtish

Yovvoyi yoʻrgʻa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yovvoyi yoʻrgʻa: Jonivorlar haqida hikoyalar
Muallif(lar) Ernest Thompson Seton
Tarjimon(lar) Togʻay Murod
Til inglizcha
Janr(lar)i hikoyalar
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1989
Sahifalar soni 432
ISBN ISBN 5-635-00386-9

Yovvoyi yoʻrgʻa“, toʻliq nomi „Yovvoyi yoʻrgʻa: Jonivorlar haqida hikoyalar“ – kanadalik yozuvchi Ernest Thompson Seton qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Thompson Seton asarlarining ilk oʻzbekcha tarjimasi boʻlib, 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Bir necha marta, jumladan, 2010- va 2016-yillarda qayta nashr qilingan. Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi kitobxonlar orasida keng tanilgan boʻlib, tavsiya qilinadigan adabiyotlar roʻyxatlariga kiritilgan[1][2].

Hikoyalarni Togʻay Murod 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan „Domino“ hamda 1983-yil „Pravda“ nashriyotida chop etilgan „Rasskazi o jivotnix“ kitoblariga asoslanib ruschadan oʻzbekchaga oʻgirgan. Kitob rasmlarini Thompson Setonning oʻzi chizgan. Toʻplamga kiritilgan „Bingo“ (inglizcha: Bingo, the Story of My Dog), „Yovvoyi yoʻrgʻa“ (inglizcha: The Pacing Mustang) hikoyalari muallifning 1898-yil chop etilgan „Wild Animals I Have Known“ toʻplamidan olingan.

  1. „ТОҒАЙ МУРОДНИ ЭСЛАБ…“. Diyor24 (4-fevral 2021-yil). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2025-yil.
  2. „Бахтиёр Шералиев «Ҳар бир инсон ҳаёти давомида ўқиши шарт бўлган 10 китоб» тавсия қилади“. Oyina (20-iyul 2023-yil). Qaraldi: 13-aprel 2025-yil.