Kontent qismiga oʻtish

Yorqishloq seli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yorqishloq seli
Asosiy
Sababi kuchli yogʻingarchilik
Joy

Andijon viloyati, Jalaquduq tumani

Sana 2024-yil, 14-iyul
Talofatlar
Jabrlanganlar Jarohatlangan va halok boʻlganlar yoʻq
Xarita

Yorqishloq seli – 2024-yil 14-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida vujudga kelgan sel[1]. Sel kelgan vaqtda, Qirgʻiziston Respublikasidagi Oʻsh shahrinining ham katta qismi sel ostida qolgan. Sel kuchli yogʻingarchilik sabab vujudga keldi. „Oʻzgidromet“ agentligi 2024-yil 12-iyul kuni Oʻzbekistonning togʻ va togʻoldi hududlarida, jumladan, Andijon viloyatining ayrim tumanlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi haqida ogohlantirish bergan edi[2].

Oqibat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida Andijon viloyatining Xoʻjaobod va Jalaquduq tumanlarini bogʻlovchi koʻprik sel sabab qulab tushganligi haqida videolar tarqalgan[3]. Bundan tashqari, yana bir boshqa koʻprik ham sel kelishi bilan qulaganligini koʻrish mumkin. Koʻprikka yaqin hududda joylashgan gaz quvurlariga ham jiddiy zarar yetgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga sel toshqini yuzasidan jabrlanganlar va halok boʻlganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

Munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sel yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan:

Joriy yilning 14-iyul kuni, soat 15:15 lar atrofida Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlari hududidan oqib oʻtuvchi „Oqboʻyra soy“ da sel kelishi natijasida, tumanlarni bogʻlab turuvchi koʻprikda nosozlik yuzaga kelgan. Hozirda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat hokimligi va favqulodda vaziyatlar suv tizimiga kiruvchi hamkor tashkilotlar bilan mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tuzilgan. Soat 19:30 holatiga esa, „Oqboʻyra soy“ da sel kelishi toʻliq to'xtagan, va favqulodda vaziyatlar suv tizimiga kiruvchi davlat hamkor tashkilotlar bilan mazkur holat yuzasidan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]