Yoqilgʻi sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoqilgʻi sanoati — har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band boʻlgan sanoat tarmoqlari majmui; neft qazib olish, neftni qayta ishlash, gaz, ko‘mir, torf, slanets sanoatlarini oʻz ichiga oladi. Yo. s. energetikaning yetakchi tarmoqlaridan biri. Texnika taraqqiyoti va u bilan chambarchas bogʻliq holda xalq xoʻjaligida energiya isteʼmolini jadal koʻpaytiradigan i. ch.ni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, elektrlashtirish, issiqlik bilan taʼminlashning rivojlanishi yoqilgʻining ahamiyatini tobora oshirib boradi. Yoqilgʻi moddalari, ayniqsa neft va gaz kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Turkiston oʻlkasida sanoat asosida neft qazib olish 19-asrning 80-yillariga toʻgʻri keladi (1870—72 yillarda Fargʻona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va hisobga olingan). 1885 yilda rus neftchisi D. P. Petrov Fargʻona vodiysi (Chimyon neft koni) da ikkita quduqdan neft qazib olishga va uni Vannovsk (hoz. Oltiariq) temir yoʻl st-yasidagi oʻzining shaxsiy kichik zdida qayta ishlashga muvaffaq bulgan. Qayta ishlash natijasida olingan kerosin aravalarga va tuyalarga yuklanib, Andijon, Toshkent, Qoʻqon paxta zdlariga, moyjuvozlarga va aholiga sotilgan. Neft krldiklari esa temir yoʻl transportida yoqilgi sifatida ishlatilgan. Oʻzbekistonda 1913 yilda 13 ming t neft olingan. Oʻzbekistonda gaz sanoatittt tarkib topishi va rivojlanishi tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gazneftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi. 1956 yilning 17 oktabrda Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqsan kuchli gaz favvorasi otilib chikdi. Bu bilan Oʻzbekiston neftgaz sanoatida yangi davr boshlandi. Oʻzbekistonda kumirni sanoat usulida qazib olish 1930y.lar oxirida boshlangan. Kumir Toshkent viloyati Ohangaron vodiysida Angren qoʻngʻir kumir, Surxondaryo viloyatida Shargʻun, Boysuntogʻ toshkoʻmir konlaridan qazib olinadi. 21-asr boshida Oʻzbekiston birlamchi yonilgʻi—energetika manbalari bilan uzini oʻzi taʼminlaydigan davlatlar sirasiga kiradi. 2000 yilda 7533,6 ming t neft (gaz kondensati bilan birga), 56401,1 mln.m3 tabiiy gaz, 2500 ming t koʻmir qazib olindi. Neftni qayta ishlash zdlarida 1,7 mln. t benzin, 1,9 mln. t dizel yoqilgʻisi, 0,4 mln. t kerosin, 1,7 mln. mazut ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neftgaz sanoatining kelgusi taraqqiyoti uchun oʻta muhim boʻlgan noyob inshootlar bunyod etildi. Koʻqsumaloq neftgaz kondensat koni jadal surʼatlar bilan oʻzlashtirildi. Bu yerda 1997 y. 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash kompressor st-yasi ishga tushiriddi. Koʻkdumaloq konining neft va gaz kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kurildi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi (2000). Umuman Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shoʻrtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta ishlanmoqda. Oʻzbekistonda tabiiy gaz 12 ming km dan ziyod magistral gaz quvurlari orqali tashilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmogʻi MDH mamlakatlari yagona gaz tizimiga ulangan. Oʻzbekistonda aholini tabiiy gaz bilan taʼminlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmokda. Oʻzbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 85% idan xalq xoʻjaligi tarmoklari va aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Uning 15% qoʻshni mamlakatlarga eksport qilindi. Gazning 25% elektr st-yalariga, 10% tarmoqning oʻz texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30% dan ziyodi kommunalmaishiy ehtiyojlarga yoʻnaltirilgan. Yo. s. chet mamlakatlardan AQSH, Rossiya, Kanada, GFR va b.da rivojlangan. Yoqilgʻi qazib olishda AKSH jahonda birinchi oʻrinda turadi. Lekin shunga karamay ayrim rivojlangan mamlakatlarda ham energiya xom ashyosi yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlgan energetika tangliklari uchrab turadi. Yana q. Gaz sanoati, Yoqilgʻi balansi, Koʻmir sanoati, Neft sanoati. Ad. .Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Djurakulov A. D., Razvitiye gazovoy promishlennosti Oʻzbekistona, T., 1976; Livitin 3. S, Xodjimatov A. X., Istoriya neftyanoy promishlennosti Oʻzbekistona, T., 1985.

Asror Obidov.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil