Yonar tosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yonar tosh
Asl nomi Горячий камень
Muallif(lar) Arkadiy Gaydar
Til ruscha
Janr(lar)i hikoya
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1988
Sahifalar soni 24

„Yonar tosh“ (ruscha: Горячий камень) — rus yozuvchisi Arkadiy Gaydar qalamiga mansub hikoya. Muallifning bolalar uchun yozgan soʻnggi asari. Hikoyani oʻzbek tiliga Q. Ahmadiy tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivashka Kudryashkin ismli bola kolxoz bogʻiga olma yegani kiradi. Bogʻning keksa qorovuli Ivashkaga hech nima qilmay, qoʻyib yuboradi. Ivashga qilgan ishidan uyalib, oʻrmonga boradi va u yerda gʻalati qaynoq toshni uchratadi. Toshda uni kimki toqqa koʻtarib chiqib, oʻsha yerda yorsa, unga bolaligi qaytib keladi va oʻz hayotini boshidan boshlaydi, deb yozilgan boʻladi.

Ivashka qorovulga achinib, unga bolaligini qaytib berishga ahd qiladi. Qariya bu taklifga rozi boʻladi, ammo bolakayga toshni oʻzi toqqa koʻtarib chiqishi kerakligini aytadi. Ertasi kuni Ivashka mashaqqat bilan toshni toqqa olib chiqadi. Qariya esa koʻp qiyinchiliklarni koʻrganiga qaramasdan, oʻz hayoti baxtli boʻlganini aytib, hayotini boshidan boshlashni istamasligini aytadi.

Oʻshandan beri koʻp yilar oʻtdi. Tosh esa haliyam turibdi. Odamlar kelib uni koʻrib, yana qaytib ketishadi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ivashka Kudryashkin — bosh qahramon
  • Qariya — kolxoz bogʻi qorovuli

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni Rus tilidan oʻzbek tiliga Q. Ahmadiy tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Kitob rasmlarini L. Sodiqova chizgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yonar tosh“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]