Yogʻochga ishlov berish jihozlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yogʻochga ishlov berish jihozlari — yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamda stanoklar. Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarim fabrikatlar (taxta, brus, faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar va b.), buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema va b. yasash uchun); tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari, mebel va b.) tayyorlanadi. Yo.i. b. j. bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi, teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar toʻplami bn), jilvirlar va b. kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, i. ch. korxonalarida qoʻllaniladi. Mexanik Yo. i. b. j., asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi. Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi. Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda — oʻygich; silliklashda — jilvir va b.dan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (mas, plitalar) i. ch.da foydalanish mumkin (qarang Yoyuch plitalar). Yogʻochga ishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi; detallarga doiraviy keskich bilan ishlov beradigan frezalash stanogi; teshik yoki oʻyiqlar ochish uchun ishlatiladigan parmalash stanogi; fanerlar, gugurt choʻplari, gugurt qutilari va b. tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari; yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigan tokarlik stanoklari; detallarni silliklash uchun ishlatiladigan jilvirlash stanoklaridan iborat. Egish sta nokl ar i changʻilar, mebellar yasash uchun yogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻish stanoklariga yelim surkash, shchit yigʻish stanoklari, uzel va buyumlarni yigʻish qurilmalari, pardozlash stanoklari ga boʻyash, qoplama (himoya va bezak) qoplash va jilolash mashinalari kiradi. Koʻp qatlamli fanerlar, yogʻoch plitalar, yogʻoch plastinalar yasash uchun yogʻochni zichlashda presslar ishlatiladi (yana q. Duradgorlik asboblari). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil