Yigirma yil karavot ostida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yigirma yil karavot ostida
Asl nomi Двадцать лет под кроватью
Muallif(lar) Viktor Dragunskiy
Tarjimon(lar) Surayyo Saydaliyeva
Til ruscha
Janr(lar)i hikoyalar
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1978
Sahifalar soni 192

„Yigirma yil karavot ostida“ (ruscha: Двадцать лет под кроватью) — rus yozuvchisi Viktor Dragunskiy qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Toʻplamdan muallifning Denis Korablyov ismli bola haqidagi „Denisning hikoyalari“ (ruscha: Денискины рассказы) hikoyalar sikliga kiritilgan hikoyalar oʻrin olgan. Deniska quvnoq, toʻgʻri soʻz, samimiy boʻla boʻlib, u ogʻir ahvolda qolganda ham tushkunlikka tushmaydi. Toʻplam 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.

Hikoyalarni Surayyo Saydaliyeva rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Barnoyev – muharrir, V. Losin – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, M. Ortiqova – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Denis Korablyov (ruscha: Денис Кораблёв) – bosh qahramon
  • Denisning otasi
  • Denisning onasi
  • Mishka Slonov (ruscha: Мишка Слонов) – Denisning sinfdoshi va doʻsti
  • Kostik (ruscha: Костик) – Denis va Mishkaning doʻsti
  • Alyonka (ruscha: Алёнка) – Denisning qoʻshnisi
  • Raisa Ivanovna (ruscha: Раиса Ивановна) – adabiyot oʻqituvchisi
  • Boris Sergeyevich (ruscha: Борис Сергеевич) musiqa oʻqituvchisi

Hikoyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Menga Singapur haqida soʻzlab bering (ruscha: Расскажите мне про Сингапур)
  • Fantomas (ruscha: Фантомас)
  • Yigirma yil karavot ostida (ruscha: Двадцать лет под кроватью)
  • Gʻildiraklar taq-taq-taqlab kuylaydi (ruscha: Поют колёса — тра-та-та)
  • Ivan Kozlovskiyning shuhrati (ruscha: Слава Ивана Козловского)
  • Menga nima yoqadi-yu (ruscha: Что я люблю…)
  • Va nimalar yoqmaydi (ruscha: …И чего не люблю!)
  • Mishka nimalarni yoqtiradi (ruscha: Что любит Мишка)
  • Grossmeysterning shlyapasi (ruscha: Шляпа гроссмейстера)
  • Josus Gazandayevning oʻlimi (ruscha: Смерть шпиона Гадюкина)
  • Etik kiygan mushuk (ruscha: Кот в сапогах)
  • Keksa dengizchi (ruscha: Старый мореход)
  • Karam shoʻrva professori (ruscha: Профессор кислых щей)
  • Boʻyoqchilar
  • Tik devorda motopoyga (ruscha: Мотогонки по отвесной стене)
  • „U tirik, yaltirayapti“ (ruscha: Он живой и светится…)
  • Sir ochildi (ruscha: Тайное становится явным)
  • Ritsarlar (ruscha: Рыцари)
  • Siz, sirkachlardan qolishmaymiz (ruscha: Не хуже вас, цирковых)
  • Ingliz Pavlya (ruscha: Англичанин Павля)
  • Roppa-rosa 25 kilo (ruscha: Ровно 25 кило)
  • Bolalikdagi doʻstim (ruscha: Друг детства)
  • Gʻozning kekirdagi (ruscha: Гусиное горло)
  • Moviy osmondagi qizil shar (ruscha: Красный шарик в синем небе)
  • Tarvuz koʻchasi (ruscha: Арбузный переулок)
  • „Katta“ konsert
  • Shardagi qizcha (ruscha: Девочка на шаре)
  • Fil va radio (ruscha: Слон и радио)
  • Poyezddagi voqea yoki xalola-xoʻp
  • Fligeldagi yongʻin yoki muz ustidagi jasorat (ruscha: Пожар во флигеле, или Подвиг во льдах…)
  • Tiniq daryo boʻyidagi jang (ruscha: Сражение у чистой речки)
  • Vankaning velosipedi
  • Yuzi koʻk kishi (ruscha: Человек с голубым лицом)
  • Samolyetda uchishimga sal qolgani haqida (ruscha: )
  • Ajoyib fikr (ruscha: Здоровая мысль)
  • Minoradan suvga qanday sakraganim haqida
  • Sayroqi qushlar koʻrgazmasi (ruscha: Амадины)