Yevgeniy Romanovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevgeniy Romanovskiy
Asl ismi ruscha: Евгений Максимилианович Романовский
Tavalludi 1847-yil 8-fevral
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1901-yil 31-avgust (54 yosh)
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Unvoni piyoda qoshinlar generali
Jang/urush Xiva yurishi (1873)
Rossiya-Turkiya urushi (1877—1878)

Yevgeniy Maksimilianovich Romanovskiy, Leuchtenbergning 5-gersogi (1847-yil 8-fevral, Sankt-Peterburg – 1901-yil 31-avgust, Sankt-Peterburg) – Rossiya imperatorlik xonadoni aʼzosi (1852-yildan „Imperator Janobi Oliylari“ unvoni). Piyoda qoʻshinlar generali (1898-yildan), general-adyutant.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1847-yil 8-fevralda Buyuk knyagina Mariya Nikolayevna va Leuchtenberg gersogi Maksimilian oilasida tugʻilgan. Imperator Nikolay I va Jozephina Boharnaislarning nevarasi. Bobosi Eugene Boharnaisning sharafigashu ismni olgan. 1852-yil dekabrda imperator Nikolay I ning farmoni bilan imperator oliyligi va knyaz Romanovskiy unvonini olgan[1].

Tugʻilgandan boshlab Preobrajensk va Ulan leyb-gvardiyalarining polklari roʻyxatiga, 1855-yilda esa imperator oilasining oʻqchi batalyoniga kiritilgan[2]. Harbiy taʼlim olgan.

1867-yilda Ulan leyb-gvardiyasi polkining korneti lavozimiga koʻtarilgan. 1873-yilda Xivaga qarshi yurishda qatnashib, 1873-yil „…xivaliklarga qarshi 13, 15 va 17-iyuldagi harakatlarda koʻrsatgan aʼlo jasorati uchun“ 4-darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, oltin qilich bilan taqdirlangan, imperator Janobi Oliylarining adyutanti boʻlgan va Orenburg kazaklari armiyasiga qoʻshilgan.

1874-yilda polkovnik unvonini olgan va 5-Aleksandriya gusar polkiga qoʻmondonlik qila boshlagan (1877-yilgacha). Rossiya-Turkiya urushida qatnashgan. 1877-yilda Dunay armiyasining bosh qoʻmondoni ixtiyorida, soʻngra I. V. Gurko qoʻmondonligi ostidagi qoʻshinlar tarkibida xizmat qilgan[3].

Xizmati uchun mulozimlar safiga oʻtkazilgan holda general-mayor unvoniga sazovor boʻlgan va qilich bilan birgalikdagi 3-darajali Avliyo Vladimir ordeni bilan taqdirlangan va Astraxan polkiga chaqirilgan. Harbiy harakatlar soʻngida 2-otliq qoʻshinlar diviziyasining 2 va 1-brigadalariga qoʻmondonlik qilgan. 1886-yildan – general-leytenant[4][2]. 18881893-yillarda 37-piyoda qoʻshinlar diviziyasining boshligʻi boʻlgan. Keyinchalik gvardiya qoʻshinlari va Sankt-Peterburg harbiy okrugi bosh qoʻmondoni ixtiyorida boʻlgan[3]. Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy, Rumyantsev va Sergiyevkadagi Leuchtenberg saroylari egasi.

1901-yil 31-avgustda vafot etgan[5] va Aleksandr Nevskiy monastirining Isidorovkoye cherkovi qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Лейхтенбергский герцогский дом Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона: т. XVIIa (1896): Ледье — Лопарев, с. 506—507
  2. 2,0 2,1 Список генералам по старшинству. СПб 1900 г.
  3. 3,0 3,1 Лейхтенбергские // Большая российская энциклопедия / С. Л. Кравец. — М.: БРЭ, 2011. — Т. 17. — С. 190. — 783 с.
  4. Е. И. В. Кн. Романовский Герц. Лейхтенбергский Евгений Максимилианович // Список генералам по старшинству. Составлен по 1-е мая 1901 года. — СПб.: Военная типография, 1901. — С. 88.
  5. Евгений Максимилианович // Harbiy ensiklopediya / V. F. Novitskiy … [va b.]. — 1911—1915.