Yevangel-lyuteran cherkovi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevangel-lyuteran cherkovi, 1899
Map

Yevangel lyuteran cherkovi («Toshkentdagi kirxa»)Toshkentdagi lyuteran cherkovi. Yeparxiya – Oʻzbekiston Yevangel-lyuteran cherkovi.

Kirxa manzilida joylashgan: Toshkent, Sodiq Azimov (sobiq Jukovskiy) koʻchasi, 37-uy. Cherkovdagi diniy ibodat va marosimlar nemis va rus tillarida olib boriladi[1].

Qurilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur cherkov 1877-yil 10-oktyabrda Toshkentning lyuteran jamoasi A.Vaynberg raisligida cherkov ochish va qurish uchun mablagʻ yigʻish maqsadida kengash tuziladi[2]. 1883-yilda esa, yer sotib olish va uni takomillashtirish uchun yetarli darajada pul toʻplanadi. 1881-yilda me’mor A.L.Benua cherkovning dizayni va arxitektura rejasini ishlab chiqadi. Biroq, keyinchalik, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli, cherkov joylashgan joyni oʻzgartirishga toʻgʻri keladi. 1890-yil 2-mayda cherkov kengashi iste’fodagi polkovnik V.N.Menshikovdan binolar va koʻchatlar bilan yer uchastkasini sotib olishadi[3]. Aleksey Benua 1891-yil sentyabr oyida loyihaga tuzatish kiritadi — u yangi tushuntirish xati tayyorlaydi. Toshkentdagi lyuteran cherkovining loyihasi, cherkov kengashi talabiga koʻra, 110-120 ta joy kelib-ketuvchilarga moʻljallangan boʻlib, oʻrta asr uslubidagi fasadga ega boʻlgan – 1891-yil 17-sentyabrda bu loyiha texnik kengash tomonidan tasdiqlangan. Tayyorgarlik qurilish ishlari boshlanadi. Cherkovning poydevorini qoʻyishda allaqachon muhandis V.S. Heynselman butun binoni pishgan gʻishtdan qurishni taklif qildi. Uning salmoqli dalillarini inobatga olgan holda, 1893-yil 19-noyabrda binoning loyihasi oʻzgartirildi va qayta tasdiqlandi. 1896-yil oxiriga kelib, cherkov binosi shu qadar tayyor ediki, unda diniy marosim va cherkov xizmatini oʻtkazish mumkin edi. Jamiyat cherkov qurilishiga 15 000 rubldan ortiq mablagʻ sarfladi. 1896-yil 3-oktyabrda ibodatxona ruhoniy Yuliy Yurgenson sharafiga ochiladi. Cherkovning bezak ishlarini Iso Masihning xochga mixlanish tasvirini ishlagan juda qobiliyatli I.N.Kramskiy shogirdi nemis rassomi Salli fon Kyufelgen oʻz kartinasini lyuteran cherkoviga in’om etadi[4]. 1899-yil 3-oktyabrda Moskva konsistorial okrugi generali Pol fon Evertning Toshkentga kelishi munosabati bilan binoni qayta ochilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu cherkovni ochilish marosimiga  general-gubernator S.M.Duxovskiy, malika E.I.Golisina va boshqa xukumat egalari taklif etiladi. Doimiy diniy marosim va ibodatldar 1899-yil 3-oktyabrda amalga oshiriladi.

Ruhoniy Yurgenson va Berendslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaning birinchi ruhoniysi, hatto cherkov qurilishi tugaguniga qadar, 1892-yil 26-sentyabrda asli kelib chiqishi kurlandiyalik (zamonaviy Latviya) Yustus Yurgenson (Yungersen, nem. Justus Jürgenssen) edi, u 1864-yilda u oʻrmonchilar oilasida tugʻilgan. Keksa lyuteranlar oʻzlarining xotiralarida, pastor Yurgensen xizmatdan keyin taniqli cherkov a’zolari bilan ilm-fan va ijtimoiy muammolar haqida oʻz dunyoqarashiga ega va shu bilan birga u juda ajoyib suhbatdosh boʻlgan, U boshqa din vakillari bilan yaxshi munosabatda boʻlgan[5]. Yurgenson 1932-yil 16dekabrgacha ya’ni to umrining oxiriga qadar jamiyatning ruhoniysi boʻlgan.

Yungersondan keyin 1892-yil Sankt-Peterburgda tugʻilgan Genrix Genrixovich Berends uning joyini egallaydi. Oʻsha paytda Geynrix Berends din boʻyicha juda yuqori bilimga ega shaxs boʻladi. U ikkita oliy ma’lumotga — huquq va diniy bilimni yaxshi oʻzlashtirgan edi. Toshkentga kelishidan oldin u Leningraddagi yevangel-lyuteran ruhoniylarini tayyorlaydigan diniy ta’lim muassasasi boʻlgan “Voizchilar seminariyasi”da ((Prediger-seminar) faoliyat yuritadi. 1937-yil 25-sentyabrda Berends hibsga olinadi, cherkov yopiladi va jamoa tarqalib ketadi.  

Sovet davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937-yildan 1977-yilgacha turli vaqtlarda cherkov omborxona, respublika geologiya boshqarmasi, itlar klubi va polisiyachilar yotoqxonasiga aylanadi. Bino bir necha bor yonib ketadi. 1977-yilda bino Toshkent konservatoriyasiga oʻtkaziladi va qayta ta’mirlash soʻng cherkov opera studiyasi xonasi sifatida foydalaniladi. Shu bilan birga, binoga organ oʻrnatiladi va organ musiqasi konsertlari namoyish etila boshlanadi.

Mustaqillik davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yil 3-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan davlat tomonidan muhofaza qilinadigan me’moriy yodgorlik maqomi berilgan Kirxa binosi “maqsadli foydalanish uchun” lyuteran jamoasi foydalanishiga topshiriladi".

1993-yildan—2015-yilgacha cherkov ruhoniysi episkop Kornelius Vibe sanalgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Епископ Корнелий Вибе: «Все, что мы сегодня видим, это мыльный пузырь»“. RusDeutsch (29-iyun 2010-yil). 20-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
  2. Добросмыслов А.И.. Ташкент в прошлом и настоящем. Исторический очерк., Ташкент, 1912 — 321 bet. 
  3. „Лютеранская кирха“ (ru-RU). Письма о Ташкенте. Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
  4. „Легендарные истории“ (ru-RU). Московская Немецкая Газета (7-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
  5. Ивонина Н. Два пастора-просветителя // Звезда Востока : журнал. — 2017. — Yanvar. — Andoza:Бсокр.