Avliyo Aleksandr Nevskiy ehromi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo Aleksandr Nevskiy ehromi, 1902-yil

Avliyo Aleksandr Nevskiy ehromi — Rus pravoslav cherkovining Oʻrta Osiyo metropolich okrugiga tegishli Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga qarashli pravoslav cherkovi, Toshkent shahridagi 1-sonli qabriston hududida joylashgan . U avliyo Aleksandr Nevskiy nomiga bagʻishlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ehromning tantanali ravishda barpo etilishi 1902-yil 23-noyabrda boʻlib oʻtadi. Ehromning poydevoriga oʻrnatilgan birinchi tosh 1902-yil 6-dekabrda amalga oshirilgan. Ushbu ehromning oʻzi 1903—1904 yillarda Turkiston oʻlkasi harbiy boshqarmasi mablagʻi hisobidan qurib bitkiziladi.

Ushbu ehromni qurish uchun dastlabki mablagʻlar bosh muhandis general Vernander tomonidan ajratilgan. Eng katta sarmoyani tijorat maslahatchisi Nikolay Ivanovich Ivanov kirkizgan. Uning hisobidan nafis zarhaldan yasalgan ikonostaz qurilgan.

Mazkur ibodatxonaning me’mori — muhandis Aleksandr Aleksandrovich Burmeyster, ish boshqaruvchisi — harbiy muhandis kapitan Fyodor Smirnov boʻlgan.

Fotosurat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]