Yelizaveta Yaxno
Yelizaveta Yaxno | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Ukraina |
Tavallud sanasi |
4-iyun 1998-yil Donetsk, Ukraina |
Sport | |
Qaysi sport | Sinxron suzish |
Yelizaveta Sergeyevna Yaxno (ukraincha: Єлизавета Сергіївна Яхно; 1998-yil 4-iyun, Donetsk, Ukraina) — ukrainalik sportchi. Sinxron suzish boʻyicha juftlik va jamoaviy musobaqalarda ishtirok etadi Jahon va Yevropa chempioni. Xarkov shahrida yashaydi. Tokio-2020 olimpiadasining bronza medali sohibasi.
Tashqi tasvir | |
---|---|
Yelizaveta Yaxno |
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil iyun oyida Bokuda boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida Yelizaveta sinxron suzish boʻyicha Yana Narejnaya bilan juftlikda uchta bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2017-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionatida Yelizaveta Yaxno taniqli ukrainalik sinxron suzuvchi Anna Voloshina bilan juftlikda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu mukofot Yaxno uchun xalqaro darajada dastlabkisi edi. Keyinchalik u erkin duet dasturida ham chempionlikni qoʻlga kiritgan. Umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallagan. Ertasi kuni aralash dasturda kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2018-yilda Glazgoda oʻtkazilgan sinxron suzish boʻyicha Yevropa chempionatida Anastasiya Savchuk va Yelizaveta Yaxno duetidan iborat Ukraina terma jamoasi 2-oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ukrainaliklar duetdagi chiqishlari uchun 92,6188 ball olishgan. Ruslarga esa 2,4847 ball kam[1]. Yakkalik erkin dasturda ham ukrainaliklar 2 va 3-oʻrinlarni egallashgan. Bundan tashqari, Ukraina terma jamoasi qizlari aralash dasturda oltin medalni qoʻlga kiritib, Yevropa chempioni boʻlishgan.
2019-yilning 6-8-fevral kunlari Xarkov shahridadagi „Lokomotiv“ suzish havzasida sinxron suzish boʻyicha Ukraina chempionati boʻlib oʻtgan. Yelizaveta Yaxno, Xarkov viloyati-1 jamoasi (Ukraina terma jamoasining asosi) tarkibida mazkur chempionatda qatnashgan. Texnik (92,5434 ball) va erkin (94,0500) dasturlarda jamoasi bilan birgalikda Ukraina chempioniga aylangan[2].
Eʼtirof
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum yakunlariga koʻra, Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) Yelizaveta Yaxnoni 2018-yilda jahonning eng yaxshi sinxron suzuvchisi deb topdi. 20 yoshli ukrainalik sinxron suzuvchi Yelizaveta Yaxno FINA talqiniga koʻra 2018-yilning eng yaxshi sportchilarini taqdirlash marosimida mukofotni shaxsan qabul qilib olgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Украинский дуэт по синхронному плаванию завоевал серебро ЧЕ в технической программе“. УНИАН (2018-yil 3-avgust). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Синхронное плавание. Харьковская команда — вне конкуренции“. Динамо Харьков (2019-yil 16-fevral). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Украинка Яхно признана лучшей спортсменкой мира по синхронному плаванию в 2018 году“. УНИАН (2018-yil 17-dekabr). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.