Xalqaro suzish federasiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro suzish federasiyasi
Ishga tushgan sanasi 1908-yil
Joylashuvi ShveysariyaLozanna
Prezident Husain Al-Musallam
Aʼzolari 207 ta milliy federasiyalar
Vebsayti fina.org

Xalqaro suzish federasiyasi (fransuzcha: Fédération Internationale de Natation qisqartma. FINA) — bu suv sportining ayrim (eng ommabop) turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan milliy suzish federasiyalarining aksariyatini birlashtirgan tashkilot. Ayni paytda ularga: suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, ochiq suvda suzish kiradi. FINA egidligi ostida suv sporti bo‘yicha jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi. Shveysariyaning Lozanna shahrida FINAning shtab-kvartirasi joylashgan. FINA XOQ tomonidan rasman tan olingan va Olimpiya o‘yinlarida suzish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etishda hamda uning hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda tashkilotga 207 ta milliy suzish federasiyalari a’zo.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro suzish federasiyasi 1908-yil 19-iyunda Buyuk Britaniyaning London shahrida, 1908-yil yozgi Olimpiya o‘yinlari yakunlangandan so‘ng, eng mashhur suv sporti turlari bo‘yicha musobaqalar qoida va me’yorlarini standartlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu tashkilotga asos solinishida milliy suzish federasiyalari Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya va Shvesiya davlatlari bosh bo‘lgan:. 1928-yilga kelib tashkilotni 28 ta a’zosi bo‘lgan. 1978-yilga kelib esa ularning soni 75 taga oshadi, 2000-yilda 174 ta milliy federasiyalar, ayni kunda FINAga 207 ta milliy suzish federasiyalari a’zo bo‘lgan.

2009-yildan buyon FINA prezidenti doktor Julio Sezar Maglione sanaladi.

FINA homiyligidagi musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Suv sporti bo‘yicha jahon chempionati
  • Qisqa masofada suzish bo‘yicha jahon chempionati
  • Suzish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati
  • Suvga sakrash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati
  • Ochiq suvda suzish bo‘yicha jahon chempionati
  • Suzish bo‘yicha faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionati

Bundan tashqari, FINAning bevosita ishtirokida har yili o‘tkazadigan bir qator sport musobaqalari bor, undagi tashkilot homiy sifatida ishtirok etadi, bular:

  • FINA suzish bo‘yicha Jahon kubogi
  • Suvga sakrash bo‘yicha Jahon kubogi
  • FINA sakrash bo‘yicha jahon seriyasi
  • Jahon suv polo ligasi
  • FINA Jahon kubogi suv polosi
  • Suzish marafoni bo‘yicha Jahon kubogi

Tashkilot a'zolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil mart holatiga ko‘ra, 207 ta milliy suzish federasiyasi tashkilotga a’zo bo‘lgan. Tashkilot safida eng so‘nggi o‘rinni Chad va Jibuti milliy suzish federasiyalari egalladi. Tarkibiy jihatdan, FINA butun dunyo bo‘ylab qit’alar va mintaqalar darajasida suzish musobaqalarini boshqaradigan 5 ta konfederasiyaga bo‘lingan. Milliy federasiyalar ham FINA, ham ularning mintaqaviy konfederasiyasi a’zolari hisoblanadi.

  • Osiyo (43): Osiyo havaskorlar suzish federatsiyasi
  • Afrika (45): Afrika suzish konfederatsiyasi
  • Amerika (40): Amerika havaskor suzish ittifoqi
  • Yevropa (50): Yevropa suzish ligasi
  • Okeaniya (13): Okeaniya suzish uyushmasi

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

XOQ va Xalqaro sport uyushmalari: qo'llanma. Comp. A. O. Romanov - M .: Jismoniy tarbiya va sport, 1979 yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]