Yelena Stempkovskaya
| Yelena Stempkovskaya | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1921 Minsk viloyatidagi |
| Vafoti |
26-iyun 1942-yil Belgorod viloyatidagi |
| Xizmatdagi yillari | 1941 — 1942 |
| Unvoni |
Kichik Serjant |
| Harbiy qism | 216-oʻqchi polki oʻqchi bataloni |
| Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi† |
| Mukofotlari |
|
Yelena Konstantinovna Stempkovskaya (1921, Minsk viloyatidagi Mazurshchina qishlogʻi — 1942.26.6, Belgorod viloyatidagi Zimovenka qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent pedagogika institutida oʻqigan. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi "Ozodlik" qishlogʻida yashagan. 1941-yildan armiyada. Radiotelegrafchilar kursini tamomlagan. 1942-yil yanvardan frontda. 216-oʻqchi polki oʻqchi bataloni (Janubiy Gʻarbiy front, 21-armiyaning, 76-oʻqchi diviziyasi) radisti, kichik serjant. 1942-yil 26 iyunda Belgorod viloyati Zimovenka qishlogʻi yonidagi jangda aloqani taʼminlagan va oʻzi halok boʻlgan (1946-yil 15-mayda Qahramon unvoni berilgan). Toshkentdagi 89-maktab Stempkovskaya nomi bilan atalgan va u yerda yodgorlik oʻrnatilgan. Toshkent pedagogika universiteti binosida yodgorlik lavhasi bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Стемпковская Елена Константиновна" warheroes.ru (23 Fevral 2018) (Rus)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pravda Vostoka 08.03.1968 (Wayback Machine saytida 2023-02-07 sanasida arxivlangan)
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
