Yaxsuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yaxsuv
Tavsif
Uzunligi 160
Davlat Tojikiston


YaxsuvTojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi daryo. Panj Qizilsuvining chap irmogi. Boshlanishida Mujnakion deb ataladi. Hazratisho tizmasining gʻarbiy yon bagridan 3580 m balandlikda, kichkina muzlikdan boshlanadi. Uz. 160 km, suv yigʻish havzasi mayd. 2710 km². Asosiy irmoqlari: Dondushkan, Obisurx. Obishoʻr, Obikaptarxona, Koʻlobdaryo. Qor suvlaridan toʻyinadi. Fev. oxiridan iyungacha — toʻlinsuv davri. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Karbostonak qishlogʻi yonila, boshlanishidan 70 km, quyilishidan 90 km da) 34 m³/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 79,5 m’/sek. dan (koʻp suvli 1969-yil da) 17,1 m³/sek. gacha (kam suvli 1947-yil da) oʻzgaradi. Suvi yuqori darajada loyqalangan. Daryo yiliga 2600 t oqiziqlar|oqiziq]] keltiradi. Karbostonak qishlogʻidan quyiroqda qurilgan suv taqsimlovchi inshoot orqali daryo suvi ekinzorlarni sugʻorishga sarflanadi.