Yashirin jabralilar
Yashirin jabralilar, ulkan salamandralar aye) — dumli suvda va quruqlikda yashovchilar oilasi. Tuban tuzilgan ikkilamchi suv hayvonlari, hozirgi suvda va quruqlikda yashovchilarning eng yirigi. Gavdasining uzunligi 1,8 m va undan uzunroq, vazni 65 kg gacha. Tanasi yassi, boshi katta va yapaloq, ogʻzi keng. Koʻzlari juda kichik, qovoqsiz. Oldingi oyoqlarida 4 ta, keyingisida 5 tadan barmoq bor. Dumi uzun, 2 yondan siqilgan, eshkaksimon. Voyaga yetgan davrida 2—4 jabra yoyi boʻladi, lekin jabralari boʻlmaydi. 2 urugʻi va 3 turi bor. Sharqiy Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Amerikaning jan.sharqiy qismida tarqalgan. Doimiy daryolar, togʻ soylarida, qirgʻoq yaqinidagi toshlar ostida yoki pana joylarda yashirin yashaydi. Qirgʻoqqa faqat yomgʻir yoqqanida chiqadi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Urugʻlanishi tashqi. Urgʻochisi suv ostidagi uyaga 450 taga yaqin tuxum qoʻyadi, erkagi ularni qoʻriqlaydi. Goʻshti yeyiladi va doridarmon oʻrnida foydalaniladi. Shuning uchun ular deyarli qirib yuborilgan. Xitoy ulkan salamandrasi, Yapon ulkan salamandrasi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |