Ambistomasimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ambistomasimonlar (Ambysto-mafi dae) – dumli amfibiyalar oilasi. 35 turi bor. Shimoliy Ameri-kada tarqalgan. Faqat 1 turi Tailand va Dirma tog‘larida uchraydi. A.ning bo‘yi 30 sm cha, salamandraga o‘xshaydi. Suvga yaqin zax joylarda yashaydi, lekin tuxumini bahorda suvga qo‘yadi. A. tu-xumi urg‘ochisining jinsiy yo‘llarida urug‘lanadi. Marmar A. esa tuxumini quruklikka qo‘yadi, urg‘ochisi tuxumini itbaliq chiqquncha kulcha bo‘lib o‘rab yotadi. Tuxumdan chiqqan itbaliqpar yomg‘ir bilan suv havzasiga oqib boradi. Bir necha oydan keyin metamorfozga uchrab yosh A.ga aylanadi va quruqlikka chiqadi. A. umurtkasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan yo‘lbars A. (Ambystoma tigranum)ning uz. 28 sm ga yetadi. Yo‘lbars A. lichinkasi metamorfoz layokatini yo‘qotgan, itbaliqlik davrida balog‘atga yetadi va kupaya oladi. Uning bu neotenik itbalig‘i aksolotl (suv o‘yinchog‘i) dey-iladi. Boshqa A. ham neoteniya xususiya-tiga ega. A.ning 5 turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil