Yashil kitob (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Категория:Фильмы по алфавиту Категория:Фильмы 2018 года "Yashil kitob" (inglizcha: Green Book) - rejissor Piter Farrelli tomonidan 2018 -yil suratga olingan Amerikaning komediya-drama filmi. Film vaqt o'tishi bilan o'rtasida do'stlik paydo bo'ladigan taniqli jazz pianinochisi Don Shirli va oddiy haydovchi Toni Vallelonganing Amerika janubi bo'ylab sayohati haqidagi haqiqiy voqeani hikoya qiladi. Bosh rollarni Viggo Mortensen, Mahershala Ali va Linda Cardellini ijro etgan.

Film premyerasi 2018-yil 11-sentabrda Toronto xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtdi va u yerda eng yaxshi “Xalq tanlovi” mukofotini qoʻlga kiritdi[1][2]. Film AQShda 2018-yil 16-noyabr cheklangan prokatda, butun mamlakat boʻylab esa 21-noyabrda[3] chiqdi. Filmning premyerasi Rossiyada 2019-yil 24-yanvarda boʻlib oʻtdi[4].

2018-yil dekabr oyida “Yashil kitob" filmi Amerika kino instituti (AFI)[5] tomonidan chop etilgan 2018-yildagi 10 ta eng yaxshi filmlar roʻyxatiga kiritildi. 2019-yil yanvar oyida esa ushbu film Amerika produserlar gildiyasi bosh mukofotini qo'lga kiritdi. Film “Eng yaxshi film – komediya yoki musiqiy”, “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor” (Mahershala Ali) va “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyalari boʻyicha uchta “Oltin globus ” bilan taqdirlangan. Oskar taqdirlash marosimida film bir xil nominatsiyalarda uchta mukofotga sazovor bo'ldi, shuningdek, eng yaxshi aktyor (Viggo Mortensen) va eng yaxshi montaj uchun nomzod bo'ldi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nyu-York, 1962-yil "Toni Boltun" (Viggo Mortensen) laqabli italyan-amerikalik bounser Frenk Vallelonga o'zi ishlagan tungi klubda ta'mirlash ishlari olib borilgani tufayli yangi ish qidirmoqda edi. U Amerikaning janubiy shtatlari bo'ylab konsert gastroli uchun haydovchi qidirayotgan afro-amerikalik pianinochi Don Shirli (Mahershala Ali) bilan suhbatga taklif qilinadi. Don Shirli Tonini yollaydi va ular Rojdestvo arafasida Nyu-Yorkka qaytib olish uchun imkon qadar tezroq yo'lga chiqishga qaror qilishadi. Donning ovoz yozish studiyasi vakillari Toniga Qo'shma Shtatlarga qora tanli sayohatchilar uchun qo'llanma bo'lgan "Yashil kitob" nusxasini berishadi, unda mehmonxonalar, restoranlar va yoqilg'i quyish shoxobchalari ro'yxati keltirilgan.

Ular sayohatni O'rta G'arbdan boshlashadi va keyin janubga qarab harakat qilishadi. Avvaliga Toni va Don kelisha olishmaydi: Shirli Tonidan iltifotliroq boʻlishni soʻraganda, Toni oʻzini noqulay his qiladi va bu Donning jaxlini chiqaradi. Ammo gastrol davom etar ekan, Toni Donning musiqiy iste'dodidan hayratda qoladi, shu bilan birga uni sahnadan tashqari hayotda qora tanli bo'lgani uchun kamsituvchi munosabatlardan dahshatga tushadi. Kentukki shtatining Luisvil shahrida bir guruh oq tanlilar barda Donga hujum qilishadi va Toni uni qutqarish uchun keladi. Shundan so'ng, Toni Dondan musiqiy turning qolgan qismida mehmonxonalarni yolg'iz tark etmaslikni so'raydi.

Sayohat davomida Don Tonining xotini Doloresga (Linda Cardellini) maktub yozishda yordam beradi, bu unga chuqur ta'sir qiladi. O'z navbatida, Toni Donni akasi bilan munosabatlarni yaxshilashga undaydi, Don doimiy kontsertlar va gastrollar tufayli vaqt yo'qligini vaj qilib bu taklifni qabul qilmaydi. Jorjiya shtatining Makon shahrida Donni hovuzda oq tanli bilan kelishmovchilik sabab politsiya qo'lga oladi va Toni musiqachining hibsga olinishining oldini olish uchun politsiyachilarga pora beradi. Don esa oʻzini haqorat qilgan politsiyachilarni Toni siylaganidan xafa edi.

Keyinroq shahar chetidagi magistrallardan birida ularning mashinasini boshqa politsiyachilar toʻxtatib qolishadi. Yomg'ir yog'ayapti, politsiyachilar Don va Tonini mashinadan majburlab tushirishadi va ularni haqorat qilishadi. Toni o'zini tutib tura olmaydi va politsiyachilardan biriga musht tushiradi, buning uchun ikkalasi ham hibsga olinadi va qamoqxonaga olib ketiladi. Ular hibsda bo'lganlarida, Don politsiyachilardan unga qo'ng'iroq qilish huquqini berishlarini so'raydi. U bu fursatdan foydalanib, AQSh Bosh prokurori Robert Kennedi bilan bogʻlanadi, va gubernatorga vaziyatni tushuntiradi, natijada prokuror sherifga ikkalasini mahbusni ham hibsdan ozod qilishni buyuradi.

Tur Birmingemda tugashi kerak edi. Avvaliga Donni faxriy mehmon sifatida kutib olishadi, ammo ularga qora tanli bo'lgani uchun restoranda hammaning oldida ovqatlanish taqiqlanadi Don esa mehmonlari oldida chiqish qilishi kerak. Bu vahshiy kamsitish Tonini g'azablantiradi va u menejerga tashlanadi. Ammo Don uni ishontiradi va agar Toni xohlasa, musiqa chalishga tayyorligini aytadi, lekin ular ketishga qaror qilishadi. Shundan so'ng, Toni Donni Orange Bird klubiga olib boradi, u yerda Don o'z musiqasi bilan mijozlarni hayron qoldiradi, hamma raqsga tushadi va vaqtni yaxshi o'tkazishadi.

Toni va Don Rojdestvoni uyda o'tkazish uchun Nyu-Yorkka qaytib ketishadi. Ularga qishning to'satdan kelishi va kuchli qor yog'ishi to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari, yo'lda ularni yana politsiyachi to'xtatadi, ammo bu safar u ularga shinasi yorilganini va yordam kerakligini aytadi. Rulda o'tiravergan Toni charchaydi va uni mudroq bosishni boshlaydi. Buni ko'rgan Donning o'zi rulga o'tirib, Tonini uyiga olib boradi. U Donni mehmonga taklif qiladi, lekin Don rad etadi va ketadi. Toni o'z oilasiga bag'riga boradi, u yerda esa ular allaqachon Rojdestvoni nishonlamoqda edilar. Toni ajralishganidan keyin xotinini ko'rganidan juda xursand edi, lekin negadir bazmda o'yin-kulgiga qo'shilmasdi. Biroz vaqt o'tgach, to'satdan Don keladi, uni Toni va uning rafiqasi quchoq ochib kutib olishadi va Dolores xat yozishda Toniga yordam bergani uchun tashakkur bildiradi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor Rol
Вигго Мортенсен Фрэнк Валлелонга (Тони Болтун) Фрэнк Валлелонга (Тони Болтун)
Махершала Али Дон Ширли Дон Ширли
Линда Карделлини Долорес Валлелонга Долорес Валлелонга
Дон Старк Жюль Поделл Жюль Поделл
Димитер Д. Маринов Олег Маликович Олег Маликович
Себастьян Манискалко Джонни Венере Джонни Венере
Пи Джей Бирн продюсер записи
Брайан Степанек Грэм Киндэлл Грэм Киндэлл
Икбал Теба Амит Амит
Том Вирту Морган Андерсон Морган Андерсон

Suratga olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning may oyida Viggo Mortensen rejissor Piter Farrelli bilan yangi loyihada asosiy rollardan birini o'ynash bo'yicha muzokaralar olib borayotgani ma'lum bo'ldi. Farrelli oʻz navbatida Nik Vallelonga (qahramon prototipining oʻgʻli) va Brayan Xeys Karri bilan ssenariy yozadi. Film g'oyasi Chatterbox laqabli bounser Toni Vallelonga va mashhur pianinochi Don Shirlining Amerika Qo'shma Shtatlarining janubiy shtatlari bo'ylab gastrol safari haqidagi real voqealarga asoslangan edi. Ikki xil odam o'rtasida do'stlik paydo bo'ladi. Ammo sayohat davomida ular irqchilik, qora tanlilarning jamiyatdagi naqadar past o'rinda ekaniga duch kelishadi. Film produserlari Vallelonga, Curry va Jim Burke[6].

2017-yil 30-noyabrda Viggo Mortensen Toni Chatterbox roliga tasdiqlangani ma’lum boʻldi. Pianinochi Don Shirli rolini esa Mahershala Ali ijro etadi[7]. Ular ortidan Linda Cardellini va Iqbal Teba[8][9] aktyorlar safiga kiradi va oxirida Sebastyan Maniskalko 2018-yil 16-yanvarda ularga qo'shildi[10].

Filmning birinchi treyleri 2018-yilning 14-avgustida[11]chiqdi.

Sharhlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film kinotanqidchilar tarafidan yuqori baho oladi. U 353 ta sharhga asoslanib, Rotten Tomatoes bo'yicha 78% ijobiy sharh ballga ega bo'ladi, bu degani 10 balldan 7,2 ballga ega bo'ldi[12]. Metacritic agregator veb-saytida ko'rib chiqilishiga ko'ra u 52 ta sharh[13] asosida 100 balldan 69 ballga ega bo'lgan.

Nominatsiya va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovrin Turkum nomzod Natija
Oskar Eng yaxshi kino Jim Burk, Charlz B. Uessler, Brayan Karri, Piter Farrelli va Nik Vallelonga
Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Eng yaxshi tahrir Patrik J. Don Vito
BAFTA Eng yaxshi kino Jim Burk, Charlz B. Uessler, Brayan Karri, Piter Farrelli va Nik Vallelonga
Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Oltin globus[14] Eng yaxshi film - komediya yoki musiqiy
Eng yaxshi rejissor Piter Farrelli
Eng yaxshi aktyor - komediya yoki musiqiy Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
AQSh kino aktyorlari gildiyasi mukofoti Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
AQSh Milliy kinotanqidchilar kengashi mukofoti Eng yaxshi kino
Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Sun'iy yo'ldosh Eng yaxshi film - komediya yoki musiqiy
Eng yaxshi rejissor Piter Farrelli
Komediya yoki musiqiy filmdagi eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Amerika kino instituti mukofoti Yilning eng yaxshi filmi
Amerika Rejissorlar Gildiyasi mukofoti Badiiy filmdagi eng yaxshi rejissorlik Piter Farrelli
Amerika Yozuvchilar Gildiyasi mukofoti Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Amanda Eng yaxshi xorijiy film Piter Farrelli
Oltin burgut Eng yaxshi xorijiy film
oltin malina Obro'ni tiklash mukofoti Piter Farrelli

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Haydovchi Miss Daisy

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Matt Goldberg. „TIFF 2018 Adds New Movies from Paul Greengrass, Jeremy Saulnier, Jonah Hill, and More“ (en). collider.com (14-avgust 2018-yil).
  2. Michael Nordine. „TIFF 2018 Awards: ʻGreen Book’ Wins the People’s Choice Award, Upsetting ʻA Star Is Born“ (en). www.indiewire.com (16-oktabr 2018-yil).
  3. Dave McNary. „Viggo Mortensen-Mahershala Ali’s ʻGreen Book’ Set for Awards-Season Release“ (en). variety.com (25-iyun 2018-yil).
  4. „Карточка фильма "Зелёная книга"“ (ru). Бюллетень кинопрокатчика. www.kinometro.ru.
  5. „AFI Awards“. www.afi.com. 5-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-dekabr 2018-yil.
  6. Justin Kroll. „Viggo Mortensen Circling Peter Farrelly’s Next Film ʻGreen Book’ (EXCLUSIVE)“ (en). variety.com (31-may 2017-yil).
  7. „Viggo Mortensen, Mahershala Ali To Star In Peter Farrelly's ROAD Trip Drama "Green Book"“ (en). www.tracking-board.com (30-noyabr 2017-yil).
  8. Dave McNary. „Linda Cardellini Joins Mahershala Ali, Viggo Mortensen in Drama ʻGreen Book’“ (en). variety.com (30-noyabr 2017-yil).
  9. Amanda N'Duka. „Iqbal Theba Joins ʻGreen Book’; Michael Beach Cast In ʻFoster Boy’; Peter Strauss Boards ʻOperation Finale’“ (en). deadline.com (30-noyabr 2017-yil).
  10. Mia Galuppo. „"Comedian Sebastian Maniscalco Joins Viggo Mortensen in Drama 'Green Book' (Exclusive)“ (en). www.hollywoodreporter.com (16-yanvar 2018-yil).
  11. Paul Heath. „Trailer Arrives For ʻGreen Book’ Starring Viggo Mortensen & Mahershala Ali“ (en). www.thehollywoodnews.com (14-avgust 2018-yil).
  12. „Green Book (2018)“ (en). Qaraldi: 30-sentabr 2020-yil.
  13. „Green Book“ (en). Metacritic. Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil.
  14. „Green Book“ (en). www.goldenglobes.com. Qaraldi: 2018.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]