Yashash uchun kurash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yashash uchun kurash — evolyutsion taʼlimotning asosiy tushunchalaridan biri. Ch.Darvin Yashash uchun kurashk. tushunchasidan tur individlari va har xil tashqi omillar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalash uchun foydalangan. Yashash uchun kurashk. organizmlarning oʻz hayotini saqlab qolishga hamda oʻz avlodlari hayotini taʼminlashga qaratilgan joriy faoliyati, yaʼni organizmlar oʻrtasidagi tabiiy musobaqadan iborat. Yashash uchun kurashk.organizmlarning jadal koʻpayishi tufayli ularning normal yashashi uchun zarur boʻlgan resurslar: oziq-ovqat va suv zaxirasi, joy va boshqalar yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Ch.Darvin koʻrsatishicha, eng kam (3—4 yilda 1 marta) tugʻadigan hayvonlardan boʻlgan filning bir jufti ham qulay sharoitda koʻpayganida 750 yildan soʻng 19 mln.ga yetadi. Bitta treska baligʻi birdaniga 10 mln. tuxum qoʻyadi; mingdevona oʻsimligining bir tupi 400000 dan ortiq urugʻ beradi. Agar ularning koʻpayishiga hech qanday toʻsiq boʻlmaganida birmuncha vaqtdan soʻng treska hamma suv havzalarini va mingdevona quruqlik yuzasini egallab olgan boʻlardi. Lekin tabiatda hech qachon bunday boʻlmaydi. Chunki tur individlarining koʻpayish tezligi bilan ular hayoti uchun zarur boʻlgan vositalar miqsori oʻrtasida nomutanosiblik kelib chiqishi oqibatida Yashash uchun kurashk. boshlanishi tufayli individlarning juda koʻp qismi nobud boʻladi.

CH.Darvin Yashash uchun kurashk.ning 3 shaklini: tur ichidagi, turlararo va organizm bilan anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashni koʻrsatib bergan. Tur ichidagi kurash tur individlari oʻrtasidagi raqobatni aks ettiradi. Bir turga, ayniqsa bitta populyatsiyaga mansub boʻlgan individlarning yashash va koʻpayib nasl qoldirish uchun bir xil sharoit zarur boʻlgani sababli tur ichidagi Yashash uchun kurashk. juda murakkab va keskin boʻladi (mas, erkak hayvonlarning urgʻochilarini talashishi, yirtqichlar oʻlja talashishi). Evolyutsiya davomida bir tur individlari oʻrtasidagi raqobatni bartaraf etuvchi turli moslanishlar paydo boʻlgan, mas, toʻngʻizlar, ayiqlar, arslonlar, chumolilar oʻzlari yashab, oziqlanadigan hududlarni biron belgi bilan chegaralab chiqadi; ayrim hayvonlar (baliqlar, kemiruvchilar) populyatsiyasi soni oshib ketganida oʻz naslining bir qismini yeb qoʻyadi yoki ezib tashlaydi (qushlar).

Turlararo kurash har xil turga mansub individlar oʻrtasidagi munosabatlarni aks ettiradi va quyidagi koʻrinishda yuzaga chiqadi: a) bir xil muhitda yashaydigan ikki yoki undan koʻproq turga mansub individlar oʻrtasidagi yashash sharoiti uchun kurash (mas, begona oʻtlar bilan ekin oʻrtasida namlik, yorugʻlik yoki tuproqsagi oziq moddalar uchun kurash); b) bir turdan ikkichisining bir tomonlama foydalanishi (yirtqich — oʻlja munosabatlari); v) bir turning boshqa tur uchun qulaylik yaratishi (oʻsimlik urugʻlarining hayvonlar yungi orqali tarqalishi); g) har xil turlarning bir-biriga qulaylik tugʻdirishi (hasharotlarning guldan nektar yigʻishi va uni changlatishi).

Organizmlarning muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi tabiatning noqulay omillariga qarshi kurashidan iborat. Bu kurash oʻta quruq yoki nam, oʻta issiq yoki sovuq mintaqalarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Evolyutsiya jarayonida organizmlarda noqulay sharoitda yashashga imkon beradigan bir qancha moslanishlar paydo boʻladi. Mas, nam va issiq tropik ikdimda oʻsimliklar barglari yiriklashadi; quruq va issiq iqlimda esa suvni tejab sarflashga imkon beradigan bir qancha belgilar (barglarning kichiklashuvi, mum va tukchalar bilan qoplanishi, barg ogʻizchalar sonining kamayishi) paydo boʻladi.

YA.u.k. tur individlari ancha qismining eliminatsiyasiga (qarang Eliminatsiya), ularning nasl qoldirishda tanlanib ishtirok etishiga olib keladi. Irsiy oʻzgaruvchanlik asosida boradigan Yashash uchun kurashk. natijasida tabiiy tanlanish sodir boʻladi. Zamonaviy tasavvurlarga binoan individlar sonining oshib ketishi Yashash uchun kurashk.ni keskinlashtirsa ham uning asosiy sharti boʻlolmaydi. Tur ichidagi raqobat va oʻzaro yordam biriikkinchisini inkor qiladigan kategoriyalar emas. Muayyan sharoitda organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro yordam munosabatlari alohida individlarning yashab qolishiga imkon berishi bilan birga turning moslanishini ham kuchaytiradi. Bunga tur individlarining xavf toʻgʻrisida birbirini ogohlantirishi va kuchliroq dushmandan koʻpchilik boʻlib oʻz individlarini himoya qilishini misol qilib koʻrsatish mumkin. Lekin bu munosabatlar tur individlari oʻrtasida passiv raqobatni istisno qilmaydi. Organizmlar oʻrtasidagi farq yashash muhitiga moslanish darajasi hamda ularning tashqi omillar va boshqalar tur individlari bilan Yashash uchun kurashk. da ustunlik qilish imkoniyati bilan belgilanadi.

Ad.\ Mavlonov O., Biologiya, T., 2002; Shmalgauzen I.I., Faktorn evolyutsii, 2 izd., M., 1968; Gall Ya . M ., Borba za suvdestvovaniye kak faktor evolyutsii, L., 1976; Belyayev D.K.idr., Obadaya biologiya, M., 1998.