Kontent qismiga oʻtish

Eliminatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eliminatsiya (lot. — ostonadan chiqaraman, olib tashlayman) — tashqi muhitning har xil abiotik va biotik omillari taʼsirida organizmlarning halok boʻlishi. E. yashab qolishning teskari maʼnosi. Tabiiy tanlanish va evolyutsiya jarayoni yoʻnalishini oʻrganishda E. shakllari turli tarzda tasnif qilinadi. Odatda, E. umumiy (tanlanmaydigan) va tanlanadigan shakllarga ajratiladi. Umumiy E. — populyatsiyaga turning ekologik plastikligidan chetga chiqadigan muhit omillarining taʼsiri natijasida individlarning ommaviy qirilib ketishidan iborat. Tanlanadigan E.— yashash uchun kurash taʼsirida tur individlarining atrof muhit omillariga kamroq moslashgan qismining halok boʻlishi. Tanlanadigan E. tabiiy tanlanish taʼsiri intensivligining koʻrsatkichi hisoblanadi.