Yaponiyadagi zilzila (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yaponiyadagi zilzila

Vajimadagi vayronagarchiliklar
Map
Notodagi zilzila xaritasi (2024)(map data)
Sana va vaqti 1-yanvar, 2024-yil(2024-01-01)
Mahalliy vaqt 16:10:09 YSV (UTC+9)
Davomiyligi
Miqdori 155[1]
Merkalli shkalasi 7.5 Mw
7.6 {{j}}
Chuqurligi 10 km (6 mi) (QShGX)
Episentr 37°29′53″N 137°14′31″E / 37.498°N 137.242°E / 37.498; 137.242 G OKoordinatalari: 37°29′53″N 137°14′31″E / 37.498°N 137.242°E / 37.498; 137.242 G O
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Yaponiya
Sunami 1.2 m (3.9 ft)
Talofatlar 401 nafar kishi
Aftershoklar 6.1 MJMA  dan katta
Qurbonlar 100[2][3]

Yaponiyadagi zilzila (yaponcha: 令和6年能登半島地震) – 2024-yil 1-yanvar kuni Yaponiyaning Ishikava prefekturasida sodir boʻlgan 7,5 magnitudali zilzila[4][5][6]. Zilzila natijasida 202 kishi[7][8][9][2] halok bo'ldi, 323 kishi bedarak yo'qoldi va 660 kishi turli tan jarohati oldi. Koʻplab binolar vayron boʻldi. Tsunami havfi eʼlon qilindi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xarita

2024-yil 1-yanvar dushanba kuni Yaponiyaning gʻarbiy sohillarida sodir boʻlgan bir qator kuchli zilzilalar sodir boʻldi. Zilzila natijasida uylarga zarar yetgan va tsunami xavfi eʼlon qilindi. Yaponiya Meterologiya agentligi (JMA) Yaponiyaning Xonsyu oroli gʻarbiy tomonidagi Noto mintaqasida mahalliy vaqt bilan soat 16:06 da 5,7 magnitudali silkinishdan boshlangan jami 20 ga yaqin zilzilalar sodir boʻlgani haqids xabar berdi[5].

Shundan soʻng atigi toʻrt daqiqadan soʻng 7,6 magnitudali kuchli zilzila, keyin soat 16:18 da 6,1 magnitudali silkinish, 16:23 da 4,5 magnitudali, 16:29 da 4,6 magnitudali va 16:32 da 4,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

Taxminan toʻrt fut balandlikdagi birinchi tsunami toʻlqinlari zilzilalar sodir boʻlganidan taxminan bir soat oʻtgach, Ishikava prefekturasining Vajima portiga kelib urilgan va Ishikavada yana 16 futgacha boʻlgan tsunami haqida ogohlantirishlar eʼlon qilingan[5].

Talofatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mudofaa vazirligining 35-umumharbiy polki Vajima shahridagi aholini evakuatsiya qilishda yordam bermoqda.
Harbiylar va Kanazava yongʻin departamenti qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.


Yangi yil kuni yuz bergan tabiiy ofat Ishikava prefekturasida kamida 168 kishining[8] hayotiga zomin boʻlgan[9], yana 660 dan ortiq odam jarohatlangan[10] va 323 nafar odam bddarsk yo'qolgan[8]. Yetti qavatli bino yon tomoniga qulab tushgan. Suzu shahridagi ibodatxona butunlay vayron boʻlgan. Qishloqlarda uylar vayron boʻlgan, tashlab ketilgan mashinalar yoʻldagi ulkan yoriqlarga botib qolgan.

Katta qidiruv-qutqaruv operatsiyasi seshanba kuni erta tongda davom etdi, Yaponiya Bosh vaziri zilzila epitsentri yaqinidagi Ishikava prefekturasida qutqaruv ishlari „yoʻllar buzilganligi sababli oʻta qiyin“ boʻlganini aytdi. Ushbu hududdan oʻtuvchi asosiy magistral butunlay yopilgan[2].

Dushanba kuni kechqurun Ishikava prefekturasining markaziy Vajima shahrida zilziladan keyin yongʻin sodir boʻlgan. Mahalliy oʻt oʻchirish xizmatining maʼlum qilishicha, yongʻin shahar markazidagi mashhur Asaichi koʻchasi atrofida yuzdan ortiq binolarni qamrab olgan. Ushbu binolarning aksariyati yogʻochdan yasalgan savdo rastalari va doʻkonlar boʻlgan. Vajima shahri ushbu zilziladan eng koʻp zarar koʻrgan shaharlardan biri boʻldi. Bu yerdagi silkinishlarning davomiyligi Yaponiya shkalasi boʻyicha 6+ ga teng boʻlgan[11].

Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Keizo Takemi Noto yarim orolida yuz bergan zilzila munosabati bilan vazirlikning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha shtabi yigʻilish oʻtkazdi. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, soat 2 va 5 da Ishikava, Toyama va Nigata prefekturalaridagi 19 ta tibbiyot muassasasida elektr va suv tizimlarida uzilishlari sodir boʻlgan[12].

6-yanvar sanasida Ishikava perefekturasidagi 14 ta shahar va posyolkalarda yashovchi 66 ming xonadon elektr tokisiz qoldi[9]. Vajima shahrida 59 kishi, Suzu shahrida 23 kishi, Anamidzu shahrida 8 kishi, Nanao shahrida 5 kishi, Siga va Noto shaharlarida 2 tadan kishi Xakui shahrida bir nafar odam halok boʻlgan[9]. Siga shahrida 5 yoshlik bola halok boʻlgan[13]. Ishikavada 365 dan ortiq uy qisman yoki toʻliq vayron bo‘lgan, 66 ming xonadon suvsiz qolgan, 31 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. 4-yanvar kuni qutqaruvchilar vayronalar ostida 72 soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan keksa ayolni, 6-yanvar kuni esa zilziladan 124 soat o‘tib 90 yoshli ayolni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi[10].

Aftershoklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seysmik intensivligi „Shindo“ 5 va undan yuqori boʻlgan zilzilalar roʻyxati
Vaqt (YSV) Epitsentr Magnituda (AQShGX) Intensivlik (Shindo) Cuqurlik Manba
1-yanvar 2024
16:18:42
37°11′46″N 136°52′12″E / 37.196°N 136.870°E / 37.196; 136.870 G O mb 6.1 5+ 10 km (6 mi) [14]
1-yanvar 2024
16:56:48
37°17′49″N 136°56′46″E / 37.297°N 136.946°E / 37.297; 136.946 G O Mww 5.6 5+ 10 km (6 mi) (AQSHGX)
20 km (12 mi) (YMA)
[15][16]
1-yanvar 2024
17:22:11
37°24′43″N 137°15′58″E / 37.412°N 137.266°E / 37.412; 137.266 G O mb 4.9 5- 10 km (6 mi) [17][18]
1-yanvar 2024
18:03:49
37°33′29″N 137°23′02″E / 37.558°N 137.384°E / 37.558; 137.384 G O mb 5.5 5- 10 km (6 mi) (AQSHGX)
20 km (12 mi) (YMA)
[19][20]
1-yanvar 2024
18:08:17
37°31′30″N 137°24′29″E / 37.525°N 137.408°E / 37.525; 137.408 G O mb 5.6 5- 10 km (6 mi) [21][22]
1-yanvar 2024
18:40:00
37°09′07″N 136°40′48″E / 37.152°N 136.680°E / 37.152; 136.680 G O mb 5.0 5- 10 km (6 mi) [23][24]
1-yanvar 2024
20:35:32
37°10′44″N 136°39′40″E / 37.179°N 136.661°E / 37.179; 136.661 G O mb 4.6 5- 10 km (6 mi) [25][26]
2-yanvar 2024
10:17:31
37°15′07″N 136°45′43″E / 37.252°N 136.762°E / 37.252; 136.762 G O Mww 5.4 5- 6 km (4 mi) (AQSHMX)
10 km (6 mi) (YMA)
[27][28]
2-yanvar 2024
17:13:41
37°08′02″N 136°42′50″E / 37.134°N 136.714°E / 37.134; 136.714 G O mb 4.9 5+ 10.9 km (7 mi) [29][30]
3-yanvar 2024
02:21:47
37°26′17″N 137°19′26″E / 37.438°N 137.324°E / 37.438; 137.324 G O Mww 4.8 5+ 10 km (6 mi) [31][32]
3-yanvar 2024
10:54:34
37°20′24″N 136°55′16″E / 37.340°N 136.921°E / 37.340; 136.921 G O Mww 5.3 5+ 10 km (6 mi) [33][34]
6-yanvar 2024
05:26:51
37°13′12″N 136°54′54″E / 37.220°N 136.915°E / 37.220; 136.915 G O Mww 5.2 5+ 10 km (6 mi) [35][36]
6-yanvar 2024
23:20:23
37°12′11″N 136°42′22″E / 37.203°N 136.706°E / 37.203; 136.706 G O mb 4.5 6- 10 km (6 mi) [37][38]

[39]

Sanasiga koʻra aftershoklar soni
Sana
(YSV)
Noto hududi Noto Sado Ishikava prefekturasi
gʻarbiy qigʻogʻi
Jami Muntazam
1-yanvar 404 176 67 3 650 650
2-yanvar 1,091 584 250 22 1,947 2,597
3-yanvar 862 429 234 35 1,560 4,157
4-yanvar 699 325 159 16 1,199 5,356
5-yanvar 496 234 108 16 854 6,210
6-yanvar 444 185 114 20 763 6,973

Hamdardlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Koreya raxbari Kim Chen-In Yaponiy bosh vaziriga hamdardlik telegrammasi yoʻlladi[40].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yaponiyada zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 23-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 Eirian Jane Prosser, Elena Salvoni, David Averre „Daylight reveals full destruction of Japan's deadly 7.6 magnitude earthquake with homes toppled, temples destroyed and white smoke rising from charred remains of buildings as country reels from 150 quakes in the last 24 hours: Death toll 'rises to 13'“ (en). dailymail.co.uk. Qaraldi: 23-aprel.
  3. Satoshi Sugiyama, Tim Kelly „M7.4 quake strikes central Japan; tsunami reach Japan Sea Coast“ (en). japantoday.com. Qaraldi: 23-aprel.
  4. „JUST IN: Japan lifts all tsunami warnings issued after Noto quake“ (en). english.kyodonews.net. Qaraldi: 23-aprel.
  5. 5,0 5,1 5,2 Satoshi Sugiyama, Tim Kelly „M7.4 quake strikes central Japan; tsunami reach Japan Sea Coast“ (en). japantoday.com. Qaraldi: 23-aprel.
  6. YouTube logotipi 【能登半島地震】珠洲市で震度4 震源の深さは30キロ...地震の規模を示すマグニチュードは4.7と推定 (日テレNEWS)(yap.)
  7. „能登半島地震、死者202人に 初の災害関連死6人“. nordot.app. Qaraldi: 23-aprel.
  8. 8,0 8,1 8,2 [https://www3.nhk.or.jp/news/html/20240108/k10014313221000.html „能登半島地震から8日で1週間です。 石川県ではこれまでに168人の死亡が確認され、いまも被害の全容がつかめないなか、安否が分からない人の捜索や必要な物資を届けるための道路の復旧などが急がれています。“]. nhk.or.jp. NJK. Qaraldi: 23-aprel.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 „能登半島地震、死者100人に 建物下敷き多数、被害拡大も“. kyoda.jp. Kyoda. Qaraldi: 23-aprel.
  10. 10,0 10,1 „Yaponiyada zilziladan 5 kun oʻtib vayronalar ostidan ayol qutqarildi“. daryo.uz. Qaraldi: 23-aprel.
  11. „В пострадавшем от землетрясения городе Вадзима сгорело более сотни зданий“. nhk.or.jp. NHK. Qaraldi: 2024-yil 23-aprel.
  12. „石川など3県の19医療機関で停電や断水 能登半島地震で“ (ja). nikkei.com. Qaraldi: 23-aprel.
  13. „能登半島地震、死者100人に 建物下敷き多数、被害拡大も“. 47news.jp. Qaraldi: 23-aprel.
  14. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  15. „M 5.6 - 8 km NNE of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  16. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  17. „M 4.9 - 38 km ENE of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  18. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  19. „M 5.5 - 55 km NE of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  20. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  21. „M 5.6 - 55 km NE of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  22. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  23. „M 5.0 - 21 km WSW of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  24. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  25. „M 4.6 - 22 km WSW of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  26. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  27. „M 5.4 - 12 km W of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 2-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  28. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 2-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  29. „M 4.9 - 19 km SW of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 2-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  30. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 2-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  31. „M 4.8 - 43 km ENE of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 2-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  32. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 3-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  33. „M 5.3 - 12 km N of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 3-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  34. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 3-yanvar). 2024-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  35. „M 5.2 - 2 km SE of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 5-yanvar). 2024-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.
  36. „Earthquake information : Detail information“ (en). YMA (2024-yil 5-yanvar). 2024-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  37. „M 4.5 - 17 km W of Anamizu, Japan“. AQSH Geologiya Xizmati (2024-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.
  38. „Earthquake information“. YMA (2024-yil 6-yanvar). 2024-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.
  39. „気象庁 緊急記者会見 【令和6年1月7日01時30分】“. YouTube (2024-yil 6-yanvar).
  40. „Ким Чен Ын выразил соболезнование премьеру Японии“. Qaraldi: 23-aprel.