Shvetsiya — Yaponiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shvetsiya (yashil rangda)
Yaponiya (sariq rangda).

Shvetsiya — Yaponiya munosabatlari Shvetsiya va Yaponiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki davlat oʻrtasidagi birinchi aloqa XVIII asrdan mavjud. Karl Linneyning shogirdi Karl Piter Tunberg Gollandiyaning Ost Indiya kompaniyasi shifokori sifatida Yaponiyaga borgan va Yaponiyaga kirgan birinchi shvedlardan biri boʻldi. Yaponiyada 15 oy ichida Tunberg hamma joyda yapon oʻsimliklarini toʻpladi va Xitoyga qaytib kelgach, tadqiqot natijalarini Yapon florasi" kitobiga yozdi[1].

Yaponiya Bosh vaziri Yasuo Fukuda Shvetsiya Bosh vaziri Reynfeldt bilan Tokioda uchrashuvi. 2008-yil.

Rasmiy diplomatik munosabatlar 1868-yilda Shvetsiya —Yaponiya shartnomasining imzolanishi bilan oʻrnatildi, bu chet davlat bilan imperator Meydzi hukumati tomonidan tuzilgan birinchi shartnoma edi[2].

1871-yilda Yaponiya hukumati Ivakura elchilaridan iborat delegatsiyani Yevropa va Qoʻshma Shtatlarga yuborilgan. Elchilar 23-29-aprel kunlari Shvetsiyada qolishgan. Mehmonlar nafaqat Shvetsiya qiroli Oskar II bilan uchrashishgan, balki Shvetsiya davlat idoralari, fabrikalariga ham borishgan. Muzeylar, sanʼat galereyalari va maktablarga tashrifi chogʻida diplomatik missiya Shvetsiya va Daniyaning Yevropa davlatlari oʻrtasida mustaqillikni saqlab qolish borasida erishgan yutuqlariga yuqori baho bergan. 1880-yildan beri Yaponiyaning Rossiyadagi vaziri Yanagixara Maemitsu Shvetsiyada ham vazir boʻlib ishlagan. 1896-yil 2-mayda Yaponiya va Shvetsiya oʻrtasida „Yaponiya-Shvetsiya savdo va navigatsiya shartnomasi“ deb nomlangan btenglik asosida birinchi shartnomasi imzolangan va Yaponiya ham oʻzining qonuniy huquqlarini qaytarib olgan.

Birinchi jahon urushida Shvetsiya vositachi sifatida harakat qilgan, bu orqali Germaniya va Yaponiya alohida tinchlik muzokaralarini olib borishgan.

XX asrning birinchi oʻn yilligida mamlakatlar Tokio va Stokgolmda diplomatik vakolatxonalarni ochishga kirishdilar, ular 1957-yilda elchixonalarga aylandi[1].

Yaponiya Shvetsiyaning Osiyodagi ikkinchi yirik savdo hamkoridir[3]. Shvetsiyaning ichki (ijtimoiy taʼminot, aholining qarishi) va tashqi (tinchlikni saqlash, rivojlanishga rasmiy yordam) siyosatining ayrim elementlari Yaponiya uchun tashvishlanarli holdadir[4]. Mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar davlat tashriflari (shu jumladan monarxlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida), madaniy va ilmiy almashinuvlar orqali ham mustahkamlangan[1].

Diplomatik missiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Japan-Sweden Relations (Overview)“ (inglizcha). Министерство иностранных дел Японии (17-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2015-yil.
  2. Оттоссон, Ингемар. „Trade under protest: Sweden, Japan and the East Asian crisis in the 1930s“ (inglizcha). Лундский университет. Qaraldi: 29-yanvar 2015-yil.
  3. „Japan“ (sv). Правительство Швеции (23-yanvar 2015-yil). 2015-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2015-yil.
  4. {{{заглавие}}}.
  5. „Embassy of Sweden Tokyo, Japan“ (inglizcha). Sweden Abroad. Qaraldi: 6-aprel 2020-yil.