Yangiqishloq QFY

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangiqishloq Andijon viloyati Izboskan tumani oʻramiga kiradi. Andijonning Baliqchi tumani bilan chegaradosh . Shuningdek, qishloq yerlari tumanning Loʻgʻimbek QFY, Toʻrtkoʻl QFY, Yakkatut QFY bilan tutashib ketgan. Qishloqda 12587 nafar aholi boʻlib, 3313 xonadonga birlashgan. 6ta mahalla fuqarolar yigʻini faoliyat olib bormoqda. Elatan, Gudur, Qipchoqovul, Qurama, Qoraqalpoq, Urganji, Boymahalla, Qumariq aholi istiqomatgohlari mavjud boʻlib, ularda qipchoq, sort, urganji, qoraqalpoq, qurama, arab va boshqa etnik guruhlarga mansub odamlar yashaydi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]