Yangi davrda Hindiston madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madaniyatning umumiy barbod bo‘lishi Boburiylar imperiyasining yo‘q bo‘lishi, umumiy iqtisodiy tushish va Hindistonni o‘z mustaqilligini asta-sekin yo‘qotishi bilan bog‘liqdir. Biroq bu davrda ham madaniyatning ba’zi bir sohalarida ma’lum yutuqlar mavujd bo‘lgan, yuqori badiiy asarlar yaratilgan. Biroq bu asosan, o‘rta asr davrida ishlab chiqilgan shakllarni mukammallashtirishdan iborat bo‘lgan. Masalan, adabiyotda avvalgidek, asosiy e’tibor she’riyatga qaratilgan, me’morchilik esa, umaman olganda, binolarning avvalgi uslubidan nusxa ko‘chirgan. Rassomchilik esa miniatyura bilan cheklangan. Biroq 19 asrning 1 yarmida yangi hodisalar ham kuzatildi, ularni ma’lum darajada hindlar inglizlardan o‘zlashtirgan. Bu ayniqsa, adabiyotda namoyon bo‘ladi: turli hind tillarida yozilgan nasriy asarlar, zamonaviy mavzudagi xatlar to‘plami paydo bo‘ladi, bu davrgacha Hindistonga noma’lum bo‘lagn jurnalistika rivojlanadi. SHu bilan birga bularning barchasi inglizlarga taqlid qilish emas edi, chunki bunday asarlar zamonaviy hayotning mavzularida yozilgan bo‘lib, yangi uslubga muvofiq bo‘lgan tamoman yangi meksika ishlab chiqilgan.

Me’morchilikka kelsak, hindlar asosan, Boburiy Hindistoni davridagidek binolarni barpo etganlar, ba’zi hollarda ularni barpo etish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik yechimlarni takomillashtirganlar. Biroq bu davrda Hindistonda inglizlar tomonidan qurilgan tamoman boshqa turdagi binolar paydo bo‘ldi. Bu binolardan ba’zilari keyinchalik, 19 asrning 2 yarmida alohida o‘ziga xos me’morchilikning ingliz-hind turining paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Solnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

18 asrda eski namunalar bo‘yicha solnoma yozish davom etadi, bular qatoriga 18 asrning qadrli solnomasi bo‘lgan «Sayyor ul-mutaaxerin» («Oxirgi hukumdorlarning biografiyalari»), 1780 yilga qadar hukumronlik qilgan hokimlar haqida hikoya qiladi, uni Dehlida buyuk Mo‘g‘ul saroyi va Bengaliyaning navablari saroylarida, Mirqosim yo‘q qilinganidan so‘ng kompaniyaga xizmatga kirgan G‘ulom Xusaynxon Tabatayi tomonidan yozilgan. Bunday solnomalarni Haydar Ali va Tipu sulton saroylarida Mirxusayn Alixon Karmoniy yozgan.

18 asrning 40-50 yillarida Gujarotning devoni, ya’ni moliyaviy muassasaning rahbari bo‘lgan Ali Muhammadxon tomonidan yozilgan Gujarot tarixi haqida hikoya qiluvchi «Mirat-i Axmadiy» («Axmad oynasi») asari juda ham qadrli, tarixiy asar hisoblanadi. Muallif bu yerda nafaqat ko‘plab farmon va boshqa hujjatlarni qo‘llagan, u o‘z asariga bergan ilovasida 18 asrdagi Gojarotning qomusiy tasvirini bergan, bu yerda u Gujarotning bino, hunar, e’tiborga loyiq joylarini tasvirlab, mashhur shaxslarning qisqa tarjimai hollarini keltirgan. Tarixiy manbalarning yuqori darajadagi bilimi asosida juda ham keng qamrovli biografik asar «Maasar ul-umara» («Amirlarning harakatlari») yaratilgan, uning muallifi shox Nafasxon dastlab Asaf Jaxuga xizmat qilgan, keyin esa Nosir Jangga va 1758 yilda fransuzlarga qarshi chiqqanida ular tomonidan o‘ldirilgan. Bu asarda 16-18 asr davridagi Mo‘g‘ul Hindistonining 700 ta zodagon insonlarining hayotiy yo‘li bayon etilgan. Bu asar juda ham qadrli tarixiy manba bo‘lib, ko‘p muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. SHunday qilib, 18 asrda ham mo‘g‘ul tarixiy ilmining eng yaxshi an’analari davom etgan. 19 asrda solnoma tuzish aslida yo‘q bo‘lib ketadi, chunki bu asarlarga haq to‘laydigan nufuzli odamlar yo‘q bo‘lib ketadi.

Texnik fanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Texnik fanlardan faqatgina astronomiya rivojlangan, bu sohada juda ko‘p ishlarni Jaypurning knyazi Jay Singx (?- 1743 yy.) bajargan.

U qadimiy yunonlar, arab va portugal astronomiyasining yutuqlari bilan tanishib chiqqan va Djaypur (marmardan), Dehli (qizil toshdan), Matxure, Udjayne i Varanasida ulkan rasadxonalar bunyod qilgan.

18 asr hamda 19 asrning 1 yarmida Hindistonning turli adabiy tillarining takomillashuvi kuzatildi, ammo mavzu va syujetlar odatda an’anaviy bo‘lib qoldi. 19 asrning boshida jurnalistika paydo bo‘ladi, Hindistondagi butun adabiyot har xillarda rivojlanganligi sabab biz Hindistonning asosiy tillardagi adabiyotni o‘rganib chiqamiz.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urdu tilidagi she’riyat an’anaviy edi, chunki shoirlar asosan saroyda xizmat qilganlar. Masalan, Sauda (Mirza Muhammad Rofi’, 1713g‘1781 y.) astlab buyuk Mo‘g‘ul saroyida xizmat qilgan bo‘lsa, Dehli Nodir shox tomonidan yo‘q qilinganidan so‘ng navab Auda saroyiga Lakxnauga qochgan. Sauda hajvchi bo‘lgan, ammo o‘z raqiblarini keskin tanqid qilganda u aslida hnid feodal jamiyatining barbod bo‘lishini an’anaviy, ma’naviy qoidalar buzilishi, poraxo‘rlik tobora o‘sishi, saroydagi qulay lavozimlar uchun kurash qanday olib borilishini ko‘rsatib berdi. Uning zamondoshi bo‘lgan Mir Taki Mir (1725-1810) lirik bo‘lgan va o‘zining haqiqiy xissiyotlarga to‘la –azallarida nufuz va foydadan kelib chiqib boshqaga erga berilgan ayolga bo‘lgan baxtsiz muhabbati haqida kuylagan, shu bilan bir paytda u o‘ziga zamondosh bo‘lgan Dehli jamiyatida yorqin namoyon bo‘layotgan har qanday zolim va zulumga qarshi norozilik bildirgan.

Urdu tilida ijod qiladigan boshqa shoirlardan farqli ravishda, Nazir Akbarabadi (1740-1830) biron-bir saroyda yashashdan voz kechib, Agrada o‘qituvchi bo‘lib qoldi. U aholining har xil qatlamida muloqotda bo‘lib, musulmon, hinduist va sikxlarning diniy bayramlarida ishtirok etgan va biroq qo‘pol bo‘lsada, ammo juda to‘yingan xalq tilida oddiy insonlar hayoti haqida yozgan.

Biroq, o‘sha davrning urdu tilidagi eng yirik yozuvchisi deb Mirzo Tolibni (1796-1869) hisoblashadi. O‘z g‘azallarida xissiyot va murakkab o‘ylarini tasvirlagan shoir tilga yangi so‘z va iboralarni kiritish yo‘li bilan urdu tilining ma’lum darajadagi rivojlan maganligini bartaraf etishga harakat qilgan, bu so‘z va iboralarning qismi urdu tilida uyg‘unlashib boyitgan. O‘z xatlarini nashr etib, u urdu tilidagi nasrga asos soldi, og‘zaki tilni adabiyotga kiritdi. G‘olib Mo‘g‘ul jamiyati barbod bo‘lishi haqida qayg‘urgan bo‘lsada, u buyuk mo‘g‘ul saroyida yashab, 1857-1859 yildagi xali isyonida ishtirok etmadi.

Urdu tilidagi nasrning rivojiga Kalkuttada yanada muhim va katta turtki berildi, bu yerda inglizlar o‘z chinovniklarini mahalliy tilga o‘qitish maqsadida maxsus Fort Vilyam kollejini ochdilar va hindlarni urdu tilidagi turli o‘quv matnlarni yaratishga jalb etdilar. hindlar tayyor materialni topa olmay, o‘zlari ushbu matnlarni yaratdilar. Ular o‘zlariga zamondosh bo‘lgan urdu tilida har xil o‘rta asr dostonlarini yozdilar va shu orqali urduning adabiy nasriy tilini yaratdilar. Bu kollej tipografiyasida 50 ga yaqin urdu tilidagi kitoblar nashr etildi, ular orasida Axmad shoh Durroniy bostirib kelganidan so‘ng Kalkuttaga ko‘chib o‘tgan Dehlining sobiq jigardori Mir Omonning «Bog‘u bahor» hikoyalar to‘plami juda ham mashhur edi.

18 asrda maradxi tilida ko‘plab qahramanona pavada qo‘shiqlari paydo bo‘ldi, ularda Shivadji advridan boshlab, Maxarashtra tarixi qayta kuylangan. O‘sha davrning eng mashhur shoirlari Ram Joshi (1758-1812) va Anand Pxando (1744-1819)lar bo‘lgan. O‘sha davrda maradx nasrining rivoji, birinchi navbatda, publisistikaning rivoji yangilik edi.

Maradx adabiy tilining rivojlanishi uchun yuqorida nomi zikr etilgan Bol SHastri Jambxekar katta xissasini qo‘shdi, u maradxi tilida ijod qilgan va ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan asarlarini o‘zi 1832 yilda asos solgan inglizcha maradx jurnali «Bombey darpan» («Bombey oynasi»)da yozgan, 1843 yilda «Hind jamiyati o‘tmishda va hozirgi davrda» deb nomlangan kitobni nashr etgan Rama Krishna Vishvanadx, 1840 yilda asos solingan «Prabxakar» («Quyosh») jurnalida 1848-1850 yillarda keyinchalik «Shatapatriy» («Xatlarning asri») nomi ostida alohida kitob shaklida nashr etilgan maqolalar seriyasini yozgan Lokxitavadi ham o‘z xissalarini qo‘shishgan. Bu barcha asarlarda yozuvchilar hozirgi davrga qadar maradx adabiyotida qo‘li tegilmagan mavzularda ijod qilib, yangi tushuncha va atamalarni kiritganlar. Buning natijasida maradxi tili o‘sha davrda Hindistonning eng rivojlangan adabiy tiliga aylandi. 19 asrning ilk 10 yilliklarida adabiy maradx tilining grammatik va leksik tuzumini o‘rganish bo‘yicha katta ilmiy ish amalga oshirildi. O‘sha davrning eng mashhur maradx filologlaridan biri bu Dadoba Pandurang (1814-1882) edi.

18 asrda Bengaliyada o‘rta asr she’riy janrlarning rivojlanishi davom etdi, adabiyotning syujet va shakllari an’anaviy bo‘lib qolgan bo‘lsada, tili rivojlandi, she’riyatning tasviriy vositalari mukammal lashdi, qiyoslar an’anaviylardan yiroqlashib hayotiy bo‘ldi, xarakterlar esa haqiqiy xarakterlarga yaqinlashdi. O‘sha davrning eng yirik shoirlari Ramproshod Shena (1718-1775) va Bxorotchondro Ray (1712-1760) Nandiya hukumdori bo‘lgan bengal feodalining saroyida yashaganlar. Broxochondra Ray ikki sevishganlar haqida «Bidda va SHundoriy» nomli poema yozgan. Mazkur asar Gerasim Lebedev (1749-1817) tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.

Yangi turdagi birinchi Bengal yozuvchisi yuqorida nomi zikr qilingan Ram Moxay Ray, u bengal nasrini rivojlantirdi, «Shombod Koumudi» oynomasini asosladi va shu oynomada turli ijtimoiy mavzularga yozgan maqolalarini e’lon qildi. Bundan tashqari u hinduizmning bid’at va qoloq marosimlari bilan kurash olib borish tarafdori edi. Ram Moxan Ray bengal nasrining gullab-yashnashiga asos soldi, bu davr 19 asrning 2 yarmiga to‘g‘ri keladi.

Janubiy hind adabiyotlari ichida tamil adabiyoti eng rivojlangan edi. Bu adabiyotda sanskrit asarlariga izoh berishning o‘rta asr an’anasi davom ettirilgan edi. Biroq 18 asrdayoq, avval bo‘lganidek, izohlanayotgan matnga o‘z fikr va tushunchasini qo‘shmaslik an’anasi paydo bo‘ldi, bunda maqsad mazkur matn yordamida Hindistonning tarixiy o‘tmishini ba’zida ideal ko‘rinishda tiklash edi. Qadimgi Hindistonning shonshuhratli asrlari haqidagi xotira 18 va 19 asrning boshidagi tamilliklar uchun milliy mustahkamlanishning vositasi edi.

18 asr birinchi choragida tamil nasrining rivojlanishida Virama Muni taxallusi ostida ijod qilgan italiyak missioner Konstansius Besxi (1680-1746yy) katta rol o‘ynadi, u xristian mavzularida bir qator asarlarni yaratdi, ammo asarlari ichida eng mashhuri bu og‘zaki tamil tilida yozilgan «Sodda guruning sarguzashtlari» deb nomlangan ertaklar to‘plami edi.

17 asrning birinchi yarmida ijod qilgan tamil shoiri Tayyumanavara bxakti yo‘nalishi tarafdori bo‘lgan, ammo SHiva unda barcha halq va dinlarning mavhum ilohi sifatida tasvirlangan. Boshqa bxaktilar kabi, Tayyumanavara shu tarzda insonlar tengligi g‘oyasini aks etishga intilgan. Xuddi shunday g‘oyani 19 asrning 1 yarmida Sunadaram Pillai o‘zining poemalarida, keyinchalik esa Ramalinga Svami (1823-1874) rivojlantirgan, uning tili og‘zaki tilga yaqinlashgan. Ramalisha Svami hikoyalar ham yozgan, tamil nasrna visligi rivojlanishiga salmoqli xissa qo‘shgan. O‘sha davrning yirik nasriy yozuvchisi Arumuga Navelar (1822-1874 yy.) hisoblangan, biroq tamil romannavisligi 19 asrning 2 yarmida paydo bo‘lgan.

San'at[tahrir | manbasini tahrirlash]

18 asrda dramatik san’at pasayishni boshidan kechirdi, pesalar aslida postanovka uchun emas, balki og‘zaki o‘qish uchun yozilgan edi. Qadimi hind eposi syujetlariga qo‘yilgan xalq tomoshalari yarmarkalarda tashkillashtirilar edi, biroq bularning barchasi an’analarni faqatgina qaytarish edi.

1757 yilda Kalkuttada kompaniyada inglizlar uchun teatr tashkillashtirildi, biroq hindlar bu teatrga bormas edilar, chunki u yerdagi pesalar ular uchun tushunarsiz mavzuda bo‘lib, undan tashqari hindlarning juda kichik soni harakatni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lish darajasida ingliz tilini bilar edilar.

Kalkutta hayotidagi muhim voqea 1985 yilda hindlar uchun zamonaviy turdagi teatrni ochilishi edi, uning asoschisi musiqachi, keyinchaliuk hindshunos bo‘lgan Gerasim Lebedev edi. U Hindistonda 12 yil yashagan, sanksrit, bengali va hind tilini o‘r gangan, ikki ingliz pesasini og‘zaki bengal tiliga o‘girgan, bunda harakatni Hindistonga ko‘chirgan va bengallarni qahramon qilgan. Kompaniya teatrining egalari turli yo‘llar bilan raqibi inqirozga uchrashi va teatri yopilishiga erishdilar. Lebedev Hindistondan ketishga majbur bo‘ldi va nihoyat, 1831 yilda millati bengal bo‘lgan P.Txakur «Hindu teatriga» asos soldi, biroq bu yerda pesalar ingliz tilida qo‘yilgan. 19 asrning 40 yillarida Kalkuttada bir nechata shunday teatrlar bor edi, bularda tomoshalar bengal tilida ham bo‘lgan edi.

Umuman olganda, 18 asrda me’morchlik pasayadi, Mo‘g‘ul imperiyasi gullabg‘yashnashi davridagi binolarning buyukligi va proporsiyalarning barkamolligi bu davr me’morchiliggida yo‘qoladi. 18 asrning uslubi konstruktiv ahamiyatga ega bo‘lmagan unsurlarning ko‘pligi, haddan ziyod yasatilishi, e’tiborni qaytangi tarqatuvchi alohida shakllarning maydaligi bilan tavsifldanadi. Shu bilan birga yangi me’moriy qarorlarv a uslublar paydo bo‘ldi.

18 asrda bir qator saroylar, ko‘cha va ko‘priklari yangi me’morchlik shaklida bo‘lgan yangi shaharlar barpo etildi, ular qatoriga Jaypur kiradi, bu shaharning qurilishi 1708 yilda yuqorida ismi zikr etilgan roja Jay Singx tomonidan boshlangan, Jaypurning shahar saroyi bu binolarning yaxlit bir ansambilidir, binolardan eng mashhuri havo – Mahal (shamollar saroyi) – havoning harakati va salqinlikni yaratuvchi ko‘plab erker va derazali katta bino. Saroy ichidan rangli marmar va o‘ymakor toshlar bilan bezatilgan. Saroy va qal’a o‘rtasida tog‘ landshafti bilan uyg‘unlashgan ingliz turidagi parklar joylashgan. Yana bir shunday shahar bu Gvaliur knyazligining yangi poytaxti Lashkar, unga 1812 ylda asos solingan. U yerdagi uylar oldinga chiqqan ayvon va balkonlarning an’anaviy uslublarini takrorlaydi, nozik ustunlarda naqshli arkalar bilan bezatilgan, bundan tashqari o‘yilgan toshlar ham qo‘shimcha go‘zallik baxsh etadi. Lashkarda chiroyli ko‘prik ham barpo etilgan.

Shimoliy Hindistonda 18 asrda Auda navablarining poytaxti Lakxnau shahri barpo etilgan, bu yerda binolarning bir qator ansambli mavjud, bular qatoriga saroy, masjid hamda Audaning hukumronlari va taniqli shaxslarining maqbaralari, katta va kichkina Imambaraning ibodat binolari mavjud. Imambara bu musulmonlar uchun eng ilohiy bo‘lgan muharram bayrami nishonlanadigan bino, bu yerda shialar tomonidan hurmat qilingan 680 yilda Karbalada o‘ldirilgan Imom Husayn yog‘ochdan yasalgan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan maqbarasi saqlanadi. Bayram paytida tobutni ko‘chalar bilan tantanali ravishda olib o‘tishadi, bunda Husaynni jangda vafot etganligining tarixi tasvirlanadi. Bu barcha binolar kulirang, qumli loydan yoki chanam shtukaturkali tekkis g‘isht lentadan barpo etilgan bo‘lib, relef naqshlari va ajoyib guldor chekkasida shari yoki turli hajmdagi doiralar ichiga tiqilgan kaltaklarning to‘pi ko‘rinishidagi unsurlar bilan bezatilgan. Shu bilan birga bu binolar me’morchlik uslubining o‘ziga xosligi va jasurligi bilan ajralib turadi, misol tariqasida katta Imambaraning (deyarli 800 kv.m. ulkan to‘rt burchak zalini keltirish mumkin, unda birong‘bir ustun yo‘q va bu yerda ajoyib akustika mavjud: zalning bir burchagida shivirlab aytilgan ibora, boshqa bir burchagida bemalol eshitiladi.

Varanasidagi Ganganing sohilida qurilgan exrom, monastr va saroylarning katta qismi gxatalar (daryoga olib tushuvchi zinapoyalar) kabi 18 asrda barpo etilgan.

Me'morchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

19 asrning 1 yarmining alohida binolari ham e’tiborni jalb etadi, bu 1844-1848 yilda Ahmadobodda oq marmardan barpo etilgan jayn lar ning Dxarmanatxa exromi, bu baland, katta to‘rt qavatli tekkis tomli uy, u yerda biz ko‘plab o‘ymakorlik bezaklari va haykallarni ko‘ramiz, uni boy savdogar binokorda qurgan. 18 asr me’mor chiligining shdevrlaridan biri bu Amritsardagi sikxlarning oltin exromidir, u nafis ayvonlar bilan bezatilgan bo‘lib, tilla suvi yurg‘izilgan mis bilan qoplangan, u 1764 yoki 1766 yilda barpo etilgan. Dehlidagi Safdar Janga masjidi (1753) o‘z shakli bo‘yicha Mo‘g‘ul davlati gullabg‘yashnagan davri binolarining shaklini qaytaradi, ammo arzonroq materialdan qilingan.

18 asrdan boshlab Hindistonda Yevropa binolari ham paydo bo‘ladi, bu birinchi navbatda, Bengaliyada quriladi, Hindiston janubida 16 asrning alohida Portugal cherkovlari, golland omborxonalari va 17 asrning yashash binolari saqlanib qolgan. 18 asrning ingliz uylari asosan, mumtoz uslubda bo‘lib, odatda ustunlar bilan bezatilagn, ammo atrof-muhit bilan uyg‘unlikda bo‘lmagan. O‘sha davrda Hindistonda yevropaliklar qurgan binolardan eng xunigi bu Lakxnaudagi «Lya Martiner» harbiy o‘quv muassasa edi. U sun’iy ko‘lning sohilida fransiyalik avantyurist Hindistonda behisob boyliklarni orttirgan, Auda birinchi navab la ri ning artelerriyasining boshlig‘i bo‘lgan Klod Martin tomonidan qurilgan. Derazasi yo‘q devor, to‘rtburchak va dumaloq minora, uchinchi qavatdagi baland minorasi bor bu bino qandaydir turli uslublarda qurilgan Yevropaning mustahkamlangan qal’asiga o‘xshaydi. Minoralarning tomida turli darajada Yevropa mumtoz san’atining uslubida yaratilgan haykallar qo‘yilgan. Kirish ustidagi arkada og‘zi orqali osmon ko‘rinib qolgan sherlarning 2 ta tekkis toshdan yasalgan figurasi turadi. Yaxshiyamki, bunday turdagi binoolar hind me’morchlik uslubiga ta’sir o‘tkazmagan.

Tasviriy san'at[tahrir | manbasini tahrirlash]

18 asrda mo‘g‘ul miniatyurasi tobora ommalashib, hunarmand chilikka aylanadi. U eski namunalarni takrorlaydi, ammo bunda yorqin ba’zida haddan ziyod o‘ziga jalb etuvchi bo‘yoqlardan foydalanadi. Ko‘p miniatyuralarni endilikda hunarmandchilik pred metlari, ya’ni patnis, fil suyagidan yasalgan tumorlar, klonlar, shkatulkalarda chizishadi. 18 asrning o‘rtasidan boshlab minia tyuraning mo‘g‘ul maktabi aslida yo‘q bo‘ladi, ammo 18 asrning 2 yarmida Jamnu, CHamba, Mandi, Gulyor, Kangra va Texrigraxval kabi kichik tog‘lik knyazliklarda rassomchilik maktabi gullab-yashnaydi, aynan shu sababli bu davr miniatyurasi «paxari», ya’ni tog‘ miniatyurasi deb nomlanadi.

Ulardan eng katta ahamiyatga Kangra maktabi ega edi, mo‘g‘ul zodagonlarining hayoti yoki fors tilli shoirlar asarlariga rasmlar tasvirlangan mo‘g‘ul miniatyurasidan farqli ravishda Kangra maktabi miniatyuralari asosan hind eposi syujetlari, ayniqsa, Krishna ibodati syujetlari tasvirlanadi: Krishna yoshligida, Krishna ayollar cho‘pon orasida, fleyta chala yotgan Krishna, uning suyuklisi Ratxa, Ratxa o‘z dugonalari orasida, Krishna va Ratxaning uchrashuvlari. Bunda Krishga doimo g‘ayrioddiy havorang rangda tasvirlanadi, Kangra uslubida Rajput rassomchiligidan ko‘zlari biroz katta, tekkis, asosan, figurasi profil tasviri meros olingan. Odatda, perspektiva berilmaydi, bu yerda omma shunday tasvirlanganki, figuralar go‘yoki bir necha qatorda turgandek, orqadagilar oldingilardan balandroq, daraxtlar ramziy shaklda ko‘rsatiladi, aksariyat hollarda tungi sahnalar tasvirlanadi, bunda samo yulduzlarga to‘la, ammo bo‘yoqlar ham xilma-xil bo‘lmasada, yorqinligicha qoladi, ya’ni bunda asosan ko‘k havorang yoki oltin-jigarrang ranglardan foydalaniladi. SHu bilan bir qatorda Kangra miniatyurasida saroy ahli emas, balki dehqon, cho‘pon, hunarmandlar tasvirlangan.

18 asrning oxirida bo‘yoqlar ocharadi, kompazisiya yomonlashadi va hattoki, xudolar oddiy insonlar kabi haqiqiy uy holatida, aksariyat holda oila doiorasida tasvirlanadi. 19 asrning 1 yarmida rassomchilik tobora hunarmandchilik xarakteriga ega bo‘ladi. Ingliz mansabdorlari hamda har xil turdagi tantanali yurishlarning tasviri ham ko‘p.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm