Yang Zhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yang Zhi
杨智
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yang Zhi
Tavallud sanasi 15-yanvar 1983-yil (1983-01-15) (41 yosh)
Tavallud joyi Guangzhou, Guangdong, Xitoy
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2002 Guangdong Youth
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2004 Guangdong Xiongying 48 (0)
2005—2019 Beijing Guoan 350 (0)
Milliy terma jamoa
2006—2016 Xitoy 38 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yang Zhi (talaffuzi: Yang Ji) (1983-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik nafaqaga chiqqan futbolchi, 2005-yildan 2019-yilgi mavsum oxirigacha Xitoy Superligasi „Beyjing Guoan“ jamoasida oʻynagan.

2020-yil 3-avgustda nafaqaga chiqgan[1].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yang Zhi futbolchilik faoliyatini ikkinchi diviziondagi Guangdong Xiongying jamoasida ularning yoshlar akademiyasini tugatgandan soʻng boshlagan. U 2002-yilgi mavsumda „Guangdong“ bilan ligada 26 ta oʻyinda maydonga tushib, tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan. Keyingi mavsumda u Guangdong uchun yana 22 liga oʻyinida oʻynagan va ularni oʻninchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan[2].

Yangning oʻyinlari Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanning eʼtiborini tortgan va u 2005-yilgi mavsum boshida Beijing safiga qoʻshilgan va u oʻzining debyut mavsumida 21 liga oʻyinida maydonga tushib, yangi jamoasida birinchi raqamli darvozabonga aylangan[3]. Keyingi mavsumlarda u jamoaning ajralmas aʼzosiga aylangan. 2009-yilgi liga mavsumiga kelib, Yang jamoaga yuqori divizion chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. 2012-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Yang 2012-yilgi Guangdong-Gonkong kubogida oʻzining Guangdong viloyati tarkibda oʻynaganida jarohat olgan va mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborgan. U tezda tuzalib, 2013-yilgi mavsumda Beijing darvozaboni sifatida oʻzining boshlangʻich roliga qaytgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2006-yilning 10-avgustida Tailandga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan va Li Leileining oʻrniga maydonga tushgan[4]. U keyingi yili 2007-yilning 28-oktyabrida 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Myanmaga qarshi oʻyinda (1:0) maydonga tushgan[5]. Yang 2009-yilning 29-mayida Germaniyaga qarshi oʻyinda (1:1) asosiy tarkibda maydonga tushgan[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals
Xitoy Liga FA Kubokgi CSL Kubogi Osiyo Jami
2003 Guangdong Xiongying Xitoy Jia-B Ligasi 26 0 3 0 - - 29 0
2004 Xitoy Birinchi Ligasi 22 0 1 0 0 0 - 24 0
2005 Beijing Guoan Xitoy Super Ligasi 21 0 6 0 4 0 - 31 0
2006 24 0 0 0 - - 24 0
2007 28 0 - - - 28 0
2008 30 0 - - 6 0 36 0
2009 30 0 - - 5 0 35 0
2010 29 0 - - 6 0 35 0
2011 30 0 4 0 - - 30 0
2012 12 0 1 0 - - 13 0
2013 28 0 4 0 - 8 0 40 0
2014 30 0 3 0 - 6 0 39 0
2015 30 0 2 0 - 7 0 39 0
2016 30 0 4 0 - - 34 0
2017 28 0 2 0 - - 30 0
2018 0 0 0 0 - - 0 0
2019 0 0 0 0 - - 0 0
Jami Xitoy 398 0 30 0 4 0 38 0 470 0

Xalqaro statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2006 1 0
2007 1 0
2008 0 0
2009 8 0
2010 11 0
2011 13 0
2012 0 0
2013 2 0
2014 1 0
2015 0 0
2016 1 0
Jami 38 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beijing Guoan

  • Xitoy Superligasi : 2009-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2018-yil

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy terma jamoasi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Shahsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2007, 2008, 2009

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „前国安门神杨智正式挂靴 曾助球队夺09年中超冠军“ (zh-hans). Sina Sports (2020-yil 3-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  2. „China 2004“. rsssf.com (2005-yil 7-aprel). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  3. Yáng, Zhì at National-Football-Teams.com
  4. „China PR 4–0 Thailand“. teamchina.freehostia.com (2006-yil 10-avgust). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  5. „Myanmar China, PR AFC Asia Qualifying 2010“. football-lineups.com (2007-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  6. „China PR 1–1 Germany“. teamchina.freehostia.com (2009-yil 29-may). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.