Kontent qismiga oʻtish

Yalpiz poʻstlogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yalpiz poʻstlogʻi (inglizcha: Peppermint bark) — Amerika va Yevropada mashhur boʻlgan shokoladli qandolat mahsuloti. Odatda, u shokolad, koʻpincha, qora shokolad ustidagi oq shokoladga sepilgan yalpiz taʼmli karamellardan iborat boʻladi, ammo yalpizli konfetlar sepilgan har qanaqa shokoladni yalpiz poʻstlogʻi deyilaveradi.

Ular, ayniqsa, qishki taʼtil mavsumida, xususan, Mavlud va Yangi yil paytida mashhurdir.[1] Uni mavsumiy ravishda sotadigan mashhur shirkatlar orasida Williams Sonoma[2], Mars, Hersheyʻs va Ghirardelli[3] bor. Koʻpincha bu shirinliklar „yalpiz poʻstlogʻi“, deb nomlanmaydi. Bundan tashqari, shunga oʻxshash taʼm kombinatsiyasi koʻp hollarda qattiq qand ichiga solinadi.

AQShda achchiq yalpiz poʻstlogʻi, shuningdek, Girl Scouts qoʻshinlari tomonidan pechenyedan tashqari keng assortimentning bir qismi oʻlaroq sotiladi.

Tarkibi va tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yalpiz poʻstlogʻi retsepti ozgina ingrediyentlardan foydalanadi, faqat shokolad va yalpizli konfetlar kerak. Achchiq yalpiz aromatizatori ham baʼzi retseptlarga qoʻshiladi.[4] Konfetlarni karamel boʻlagiga almashtirish mumkin.[5] Konfet maydalangan yoki sindirilgan, shokolad esa eritilgan boʻlishi kerak.[6] Maydalangan karamelli shokolad pech patnisiga quyiladi va keyin sovitiladi. Tayyor shirinlik esa boʻlaklab chiqiladi.

Yalpiz poʻstlogʻining variantlari ikki rangli qatlamli boʻladi, unda toʻq rangli shokoladning pastki qatlami oq shokolad bilan, yuqori qatlami esa maydalangan karamel konfeti bilan qoplanadi.[7] Desertga kreker kabi boshqa qoʻshimchalar, aromatizatorlar yoki teksturalar qoʻshilishi mumkin.

Jelly Belly shirkati qora shokolad va konfetli va jeleli loviyalarning kombinatsiyasini „Peppermint Bark Recipe Mix“ („Achchiq yalpiz poʻstlogʻi retsepti aralashmasi“) sifatida ham sotadi.

Koʻpgina pop-madaniyat mahsulotlari singari ushbu bayram shirinligini kim ixtiro qilganini aniq aytish qiyin. Mental Flossga koʻra, bu kamida 1960-yillarga borib taqaladi. St. Petersburg Times gazetasining 1966-yil 12-sentabrda chop etilgan sonida yalpiz poʻstlogʻi reklamasi bor boʻlgan.[8]

Williams Sonoma shirkati bugungi kunda yalpiz poʻstlogʻini mashhur qildi. Delishga koʻra, 1998-yili Chuck Williams uchta savdogardan iborat jamoadan oʻtmishni esga soluvchi bayram shirinligini oʻylab topib, uni ommalashtirishni soʻragan.[8]

  1. O'Rourke, Michael. „Candy corn makes October special“. MySA (2011-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
  2. Flaherty, Julie. „Personal Business; Long Christmas List? You Can Outsource It“. The New York Times (2003-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
  3. „CE creates a new TV spot inviting consumers to enjoy a special holiday moment with Ghirardelli Peppermint Bark Squares“ (2011-yil 11-noyabr). 2011-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  4. Deen, Paula „Peppermint bark“. Food Network. 2011-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
  5. Sutton, Tori. „A sweet kick-off to the holiday season“. Stratford Gazette (2011-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
  6. „Restodontê | Café Bombado: o café com óleo de coco“ (pt-BR). Restodontê. Qaraldi: 2018-yil 13-fevral.
  7. Sharrock, Jane. Who Wants Candy?. New York: HP Books, 2004 — 203-bet. ISBN 978-1-55788-432-9. 
  8. 8,0 8,1 we%20know%20it%20today%20popular Chocolate Peppermint Bark — An Edible Mosaic™