Karamel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sut karameli isteʼmol qilish yoki eritish uchun moʻljallangan kvadrat shakarlamalar shaklida tayyorlanadi

Karamel (fransuzcha: caramel, lotincha: cannamella — „shakarqamish“) — qandolat mahsuloti; shakar qiyomga taʼm beruvchi, boʻyovchi va xushboʻy qiluvchi moddalar qoʻshib qaynatib tayyorlanadigan shirinlik. Uning massasidan turli shaklda tayyorlangan karamel obaki yoki monpasye deyiladi. Karamel ichiga meva, asal va boshqalar solib ham tayyorlanadi. Karamelni saqlash uchun ustiga shakar, kakao uni sepiladi yoki qogʻozga oʻraladi, maxsus temir banka yoki karton qutiga joylanadi. Karamel konditer fabrikakalarida avtomatlashtirilgan universal mashinalarda ishlab chiqariladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil