Yaʼqub

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yaʼqub — Qurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Ishoqning oʻgʻli, Yusufning otasi. Bibliyada Iakov deb tilga olingan. Ya. ayrim rivoyatlarda Isroil deb ham nomlangan. Ya. Allohning birligiga, ibodatiga daʼvat etuvchi paygʻambarlardan boʻlgan. Qurʼonda uning taqvodorligi va paygʻambarligi Allohning Ibrohim avlodlariga koʻrsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84). Ya. ikki xotini (Liyah, Rohila)dan va ikki choʻri (Zalfo, Balha)dan 12 oʻgʻil koʻrgan. Rivoyatlarga koʻra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Ya.ning ana shu farzandlaridan tarqalgan.