Kontent qismiga oʻtish

YDTQQM

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


YDTQQM – Yosh Dasturchilarni Tayyorlash va Qoʻllab Quvvatlash Markazi (YDTQQM kompaniyalar guruhi). YDTQQM asosiy ish faoliyati dasturiy taʼminot mahsulotlarini yaratish, raqamli grafika va animatsiyalashtirish soxalaridagi mutaxasislarni tayyorlashdan hamda Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirishdan iborat.

Yosh Dasturchilarni Tayyorlash va Qoʻllab Quvvatlash Markazi 2004 yilda Oʻzbek Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi tashabusi bilan hamda mahalliy IT kompaniyalar hamkorligida tashkil etildi. Jadal rivojlanish jarayonida YDTQQM dan oʻzining faoliyat yoʻnalishiga ega boʻlgan mustaqil IT kompaniyalar shakllanib ajralib chiqdi. Ushbu kompaniyalar bilan uygʻunlikdagi faoliyat natijasida IT-mutaxassislarini tayyorlovchi umumlashgan muhit tashkil etildi.