Xudoyberganov Madiyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xudaybergenov Madyar
Tavalludi 1924-yil 28-dekabr
Yabla-Qangla qishlogʻi, Shovot tumani, Xorazm viloyati
Vafoti 2016-yil 29-iyun
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi
Urganch o‘qituvchilar instituti
Kasbi Pedagog

Madiyor Xudoyberganov (1924-yil 28-dekabr, hozirgi Xorazm viloyati, Shovot tumani Yabla-Qangla qishlogʻi, Oʻzbekiston- 2016-yil 29-iyun, Oʻzbekiston) – Sovet oʻzbek faoli, Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasi 1-kotibi. SSSR Oliy Kengashining 8-11-chaqiriq deputati. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xudoyberganov Madiyor 1924-yil 28-dekabrda Shovot tumani Yabla-Qangla qishlogʻida dunyoga kelgan. 1941-yildan boshlab Oʻzbekiston SSRda oʻqituvchilik qilgan. Shu yildan boshlab jamoat va siyosiy ishlarda faol ishtirok etishni boshlaydi. KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.

1945–1951-yillarda Oʻzbekiston SSRda oʻquv boʻlimi mudiri, maktab direktori, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri.

1951–1965-yillarda Xorazm viloyati Oʻzbekiston KP(b) Shovot okrug qoʻmitasi kotibi; Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri; Oʻzbekiston KP Xorazm viloyati Xiva okrug qoʻmitasining 1-kotibi.

Xorazm viloyati Urganch oʻqituvchilar institutini tamomlagan.

1965-yil apreldan 1968-yil fevraliga qadar Xorazm viloyat Mehnatkashlar deputatlari Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi.

1968-yil fevraldan 1986-yil 13-yanvarga qadar Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasining 1-kotibi.

1986-yildan nafaqaga chiqqan. 2016-yil 29-iyunda vafot etdi.

Daraja[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madiyor Xudoyberganov 1965-, 1971-, 1978-, 1983-yillarda - jami to'rt marta Lenin ordeni bilan mukofotlangan. 1973-yilda Oktyabr inqilobi ordeni, 1985-yilda Vatan urushi ordeni, 1959-yilda „Shavkatli mehnat uchun“ medali, 1976-yilda "Jasorati uchun" medali kabi mukofotlarni qo'lga kiritgan. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]