Kontent qismiga oʻtish

Xosiyat Xusanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xosiyatxon Xusanova
Tavalludi
Xusanova Xosiyatxon Ergashovna

1969-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Xusanova Xosiyatxon Ergashovna (1969-yil; Andijon, OʻzSSR) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2011).

Xosiyatxon Xusanova 1969-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. Milliy teatrda 1995-yildan buyon faoliyat yuritib kelyapti. 2011-yili "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Xosiyatxon Xusanova Milliy teatr sahnasida I.Sodiqovning „Afandining besh xotini“da Tamanno, H.Muhammadning „Xotinlar gapidagi chiqqan hangoma“da Bonu, H.Rasulning „Boshi qotgan oshiqlar“ida Yulduz, E.Xushvaqtovning „Chimildigʻ“ida kelin, „Qalliq oʻyin“ida Jumagul, „Andishali kelinchak“da Kupaysin, S.Ahmadning „Ufq“da xonanda, A.Oripovning „Sohibqiron Temur“da kanizak, „Muhabbat sultoni“da kanizak, „Usmon Nosir“da Sofiya, „Daraxatlar tik turib jon beradi“da Felisa, „Ayolgʻu“da Ayol, „Yorugʻlik va yovuzlik“da Yalmogʻiz, „Jodugar kanizak“da Oqilon, „Sehrli tanbur“da Asalari, „Omonat dunyo“da Latofat, „Antiqa qudalar“da Oʻgʻiloy, „Uch kunlik dunyo“da Anora, „Oltin qiz“da Barno, „Bir koshona sirlari“da Hamshira, „Uvaysiy“da Sovchi, „Shayton va farishta“da Shayton, „Oʻtgan zamon xangomalari“da Kanizak, „Neksiya“da Norbuvi kabi bir qator obrazlarini yaratgan.

Badiiy film va videofilmlarda koʻzga koʻringan rollar oʻynadi. „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Oʻgʻiloy, „Charxpalak“da ona, „Koʻngil koʻchalari“da bozorchi, „Qismat“da Xanifa, „Lafz“da Zubayda, „Olovuddinning sarguzashtlari“da Sotti, „Nomus“da Xalima, „Yangi oy chiqqan kecha“da Gulchexra, „Shahzoda va Kanizak“da Kanizak, „Muhabbatimsan“da Ona, „Mohinur“da Pochtalyon, „Taqdir“da Gul sotuvchi, „Dev va Pakana“da Saidaxon, „Afyun girdobi“da Hanifa, „Sehrli uzuk“da Singil, „Kelgindi kuyov“da Yoʻlovchi, „Zabarjad“da Ayol va boshqa koʻplab rollarni ijro etgan. Shoʻx, xarakterli obrazlarni meʼyoriga yetkazib ijro etadi.[1]

Suratga tushgan filmlari
Yil Nomi Obraz Izoh
2005 Kelgindi kuyov Yoʻlovchi
Begona hayot
2007 Boyvachcha
2009 Uqubat
Oʻzimdan oʻzimgacha
Uylanish Holida: Javohirning onasi
2010 Adashgan sovchilar
2011 Xizmat doirasidan tashqarida
Er bermoq jon bermoq
Oʻxshatmasdan uchratmas
Oling quda bering quda
2012 Yolgʻizginam
Super qaynona
Ijarachilar
Andijonlik mehmon
Mehribonim
2013 Janob qorovul
Novda
Qudamni koʻrmadingizmi?
Xazina operatsiyasi
Osiy banda
Hasan ibn Husan
Ana xolos
Sevgi farishtasi 2
Ajab boʻlibdi [2]
  1. „Hosiyat Husanova haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. savol-javob.com. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  2. „Hosiyat Husanova haqida“. buluteka.com. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.