Kontent qismiga oʻtish

Xosiyat Bobomurodova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xosiyat Bobomurodova
Tavalludi 2-may 1950-yil
Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Kasbi Shoir
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Mukofotlari

Xosiyat Bobomurodova (2-may 1950-yil, Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – shoir, pedagog-muallima Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi (1979-yil). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1]. Xalq taʼlim alochisi. Shuhrat medali sohobi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xosiyat Bobomurodova 1950-yil Samarqand viloyatining Xatirchi tumanidagi „Ibn Sino“ jamoa xoʻjaligida tavallud topgan[2]. Uning otasi mulla Bobomurod maʼrifatli kishi boʻlgan[1]. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil olgan.

1967-yildan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, 1975-yilda maktabda direktor boʻlib ishgan. 1983—1989-yillarda Navoiy viloyati va 1990—2003-yillarda Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib lavozimida faoliyat yuritgan. 2003—2005-yillarda Zarafshon nashriyoti direktori boʻlib xizmat qilgan[3].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Бобомуродова Хосият Бобомуродовна“ (arboblar.uz). Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  2. „Bugun tug‘ilgan kun: Xosiyat Bobomurodova“ (zarnews.uz). 2021-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.
  3. „XOSIYAT BOBOMURODOVA (1950)“ (ziyouz). 2016-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.