Xosiyat Baxritdinova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxrtdinova Xosiyat Orifxojayevna
Бахритдинова Хосият Орифходжаевна
Tavalludi 12-dekabr 1937-yil
Toshkent
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi iqtisod
Ish joylari Oʻzbekiston respublikasi Davlat rejalashtirish qoʻmitasi
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Institutlar Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti
Ilmiy unvoni iqtisod fanlari doktori, professor

Baxritdinova Xosiyat Orifxoʻjayevna (rus: Бахритдинова Хосият Орифходжаевна) — iqtisod fanlari doktori, professor.[1]

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxritdinova Xosiyat Orifxoʻjayevna 1937-yil 12-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1956-yil 42-oʻrta maktabni tamomlagan. 1960-yilda Toshkent Xalq xoʻjaligi institutining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiradi.[2]

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960—1976-yillar oraligʻida Oʻzbekiston respublikasi Davlat rejalashtirish qoʻmitasiga ishlaydi. 1978-yilda OʻzFAning iqtisodiyot institutiga ishga oʻtadi. 1987-yilda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni boshqarish kafedrasiga ishga kiradi. Olima ushbu dargoxda 1987-yildan 1992-yilgacha mudiralik qilgan.[2]

Iqtisod fanlari doktori, professor Baxretdinova Xosiyat Oripovna bugungi kunda Toshhkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislar institutining Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish fakultet Menejment kafedrasida mehnat faoliyatini davom ettirmoqdalar.[1]

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1976-yilda nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Xosiyat Baxritdinova 1987-yilda doktorlik ishini ham muvaffaqiyatli himoya qiladi.

X. Baxritdinova „Menejmeit va marketing“ fakulteti talabalariga „Strategik menejment“, „Innovatsiya menejmenti“, „Menejment asoslari“ fanlaridan, magistrlarga „Strategik menejment“[3], „Suv xoʻjaligi menejmenti“ fanlaridan maʼruzalar berib keladi.[2]

Olima „Strategik menejment“, „Innovatsiya menejmenti“, „Menejment asoslari“, „Suv xoʻjaligi menejmenti“ fanlaridan maʼruza matnlari va uslubiy qoʻllanmalar muallifidir.[1]

Uning rahbarligida uchta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi va hozirgi kunda uch nafar aspirant nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida. Oʻttizdan ortiq magistrantlar dissertatsiyalari uning rahbarligida himoya qilingan.[2]

X. Baxritdinova oʻn ikkidan ortiq monografiya, oʻnga yaqin oʻquv uslubiy qoʻllanmalar hamda yuzdan ortiq respublika va xorijda chop etilgan ilmiy maqolalar muallifidir.[2]

Shuningdek olima institut, fakultet ilmiy uslubiy kengashning va nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarini muhokama qilish seminar kengashining aʼzosidir.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „https://staff.tiiame.uz/teacher/11/books?page=2“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „akademiklar.uz baxritdinova-xosiyat-orifxojayevna haqida“.
  3. „Strategik Menejment kitobi Xodiyat Baxritdinova“.