Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi
(Xorazm AQT)
Xalqaro nomi Khorezm architecture and construction technical school
Asos solingan 1965
Oʻquv yurti turi Texnikum
Rektori Abdullayev Hayitbay Durdiyevich
Manzili Pahlavon Mahmud koʻchasi, 162-uy, Urganch shahri, 220100, Oʻzbekiston

Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi (Xorazm AQT) - o'rta-maxsus professional ta'lim muassasasi. O'zbekistondagi ilk texnikumlardan biri bo'lib, 1965-yilda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tashkil etilgan. Texnikum 1999-yildan Urganch qurilish kolleji sifatida faoliyat yuritgan. O'zbekistn Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi PQ-5241-son Qarori asosida Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi sifatida qayta faoliyat boshlagan.

Texnikum tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yil 28-avgustdagi O'zbekiston Ministrlar Soveti Qaroriga asosan Urganch shahrida Xorazm Davlat Pedagogika Instituti binosi negizida Qurilish texnikumi o'z faoliyatini boshlagan. Texnikumga tajribali muallimlar tanlanib, jamoaning pedagogkik kadrlari safi mustahkamlangan.

Ushbu davrda direktor o'rinbosarlari I.B.Soy, J.Jobborov, kafedra va bo'lim mudirlari E.Xudayberganov, O.Sodiqov, O.Masharipova, M.Sobirova, X.Fatxullayev, Z.Hakimov, o'qituvchilardan R.Karimov, N.S.Golovanov, Kim Den Xen, Y.S.Gayazova kabi o'nlab ustozlar samarali mehnat qilishgan.

Texnikumni birinchi direktori - pedagogika fanlari nomzodi Said Ollaberganovdir. U 1965-yildan 1988-yilgacha direktor lavozimida faoliyat yuritgan.

1988-yildan 2007-yilgacha Memorchilik fanlari nomzodi, professor Ibodulla Boyjonov texnikumga rahbarlik qilgan. 2007-yildan hozirgi kungacha Hayitboy Abdullayev texnikum direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazm AQTda kadrlash tayyorlash Xalqaro standart tasniflagichning kamida 5-darajasiga mos ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi. Texnikum kunduzgi, sirtqi va dual ta'lim shakllarida faoliyat yuritib, bugungi kunda 6ta yo'nalish: Arxitektura, Bino va inshootlar qurilishi, Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari, Kompyuter injinering va Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishlarida yoshlarga ta'lim berib kelinmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
  2. Texnikum rasmiy telegram sahifasi
  • Bu sahifa oxirgi marta 13-Mart 2024, 03:45 da tahrir qilingan.