Xojalar jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xojalar jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Gʻijduvon tumani
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Umarxon eshon
Soʻngi imom Otabek Roʻziyev
Maqomi Faoliyat ko'rsatmoqda
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Xojalar jome masjidi — Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida joylashgan masjid[1]. Masjid imom-xatibi — Otabek Roʻziyev.

Gʻijduvon tumanining Gʻishti mavzeyida joylashgan. Xojalar masjidi taxminan bundan yuz yil oldin qurilgan. Xojalar masjidi Xoʻja mahalla qishlogʻida hududida bunyod etilgan. Masjid choʻpkori imorat uslubida qurilgan. Aholi tilida dusinja (ikki sinjli) deb ataladi. Masjid uchun yogʻochlar asosan, Samarqand viloyatidan olib kelingan. Masjid qurilishiga Umarxon eshon boshchilik qilgan. Umarxon eshon Naqshbandiya tariqati izdoshilaridan boʻlib, nihoyatda ilmli kishi boʻlgan. Masjid 1937-yilga qadar faoliyat yuritgan. Qatagʻon davrida boshqa ziyolilar qatorida Umarxon eshon ham surgun qilingan. Natijada masjid yopilgan. Sovetlar davrida masjiddan omborxona va paxta quritish joyi sifatida foydalanilgan. Masjid 11×11 metr oʻlchamda usta Poʻlat raisligida barpo etilgan. Masjid ichkarisi toʻrt ustundan iborat. Ustunda forsiy baytlar bitilgan. Masjid yonida besh ustunli ayvon va hovuz joylashgan.

„Xojalar masjidi“ Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 1992-yilda faoliyatini yana boshlagan. Bu ishga Rahmon Gʻoziyev va Qudratov Fatxullo hissa qoʻshgan. Masjid ochilgan paytda yarim asrdan koʻproq foydalanilmagani uchun yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Yillar oʻtishi bilan eski masjid bir tomonga ogʻib ketadi. „Xojalar masjidi“ Buxoro viloyat vakilligi va tuman hokimligi qarori bilan 2018-yilda eski masjid yonidan yangisi barpo etila boshlandi. 2019-yilda qurilish ishlari tugallandi. Yangi masjidda bir vaqtning oʻzida 260 kishi namoz oʻqishi mumkin. Uch tomoni ayvon bilan oʻralgan. Ayvonda 500 kishi ibodat qilishi mumkin. Bu masjid ustunsiz gumbazli qilib qurildi. Masjidga namoz o'quvchilar kelishi oson boʻlishi uchun 50 metr yangi yoʻl qurilgan. Yangi zamonaviy tahoratxona ham qurib bitkazildi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Buxoro viloyati“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
  2. „Xojalar jome masjidi“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.