Xoʻjamayxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻjamayxona

Xoʻjamayxona
Mamlakat O'zbekiston
Tuman Boysun
Markazi balandligi 1500 m
Rasmiy til(lar)i O'zbek
Pochta indeks(lar)i 190401

Xoʻjamayxona — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: Aniqlanmagan. Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Temir darvoza“ MFY. Davlat mulki (Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Xo'jamayxona bulog'i

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dengiz sathidan 1500 metr balandlikdagi g‘orning uzunligi 21 metr, eni 20 metrni tashkil etuvchi Xo‘jamayxona bulog‘i o‘zining purviqor tog‘ tizmalari betakror tabiat manzaralari va tanga davo shifobaxsh buloq suvi bilan sayyohlarni maftun etgan.[3]

Inson salomatligi uchun foydaliligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy mineralga boy suv bo’lib, yurak qontomir, jigar (sariqkasallik), buyrak va o’t qopi toshlari, oshqozon yaralari,  kasalliklarida ayniqsa foydali buloqdan sekundiga 3 kub suv otilib chiqadi.[4]

Xoʻjamayxona bulogʻi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu buloqdan 1988-1990-yillar chilonzor linasi tortilgan bu liniydan 6 ta mahalla suv ichadi. 2018-2019-yillarda Boysun tomonga ikkinchi liniya tortilgan. Xozirda 16 ta aholi punkiti suv ichadi. Suv asosan qor ko’p bo’lgan yillari ko’payadi. Togʻlarning orasidan keladi. Suvning eng ko’pi 5 kub eng kami 1 kub atrofida bo’ladi[4].

Aholi punktiga yetkazilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 24-iyundagi 538-sonli qarori asosida diametri 530 millimetrli termir quvirlar bilan 29 km va diametric 500 metr millimetrli plalitilin quvuri bilan 7.1 km jami 36.1 km suv quvurlari tortilishi hamda 3000 metrkubdan 2 ta suv to’plash va tarqatish hovuzi 200 metrkubda 2 ta suv uzatish hovuzi va suv ko’tarish nasosi binolari qurilishi belgilangan. Ushbu ishlarni bosh pudratchi O’zbekiston temir yo’llari AJ ning maxsus mexanizatsiyalashgan yo’l stansiyasi va yordamchi korxonalari 2 smenada ishlarni tashkillashtirib 2019-yilda nixoyasiga yetkazgan. Bunda O’zbekiston Respublikasi Byudjetidan 59 milliard so’m ajaratilgan. 7 ta mahallar va 7 aholi punkiti toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Jami 25685 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga erishilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  2. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  3. „Xo'jamayxona bulog'i“.
  4. 4,0 4,1 4,2 Хўжамайхона булоқ сувини эшитганмисиз?, qaraldi: 2023-08-11