Xitoy madaniyat va kino markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xitoy madaniyat va kino markazi - Tayvanning Taypeyi, Shilin tumanida joylashgan sobiq kinostudiya va turistik diqqatga sazovor joyi hisoblanadi . U "Central Motion Picture Corporation" kompaniyasiga tegishli joy hisoblanadi. Dastlabki davrda u kino va teledasturlarni sur'atga olish joyi va studiyasi sifatida ish faoliyatini olib borgan. Xitoy Respublikasi hukumati harbiy holatni bekor qilgandan so'ng, Markaz tomonidan ishlab chiqarilgan ko'plab teledasturlar va filmlar Hong Kong va materik Xitoyda sur'atga olindi. Xitoy madaniyati va kino markazi 2008 yilda noma'lum muddatga yopildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1974-yil 31-dekabr kunida Markaziy kinofilmlar koorporatsiyasi Taypeyning Shilin tumanida, Soochow universiteti va Milliy saroy muzeyi yonidagi studiya qurilishini boshladi. Studiya klassik Xitoy me'morchiligiga hos hola qurilgan. 

1975 yil 10 fevralda Xitoy madaniyati va kino markazi bu yerga tashrif buyuruvchilarni rasman kutib olishni boshladi.

2006 yil 28 fevralda Xitoy madaniyati va kino markazi ichki tamirlashni to'xtatdi.

2008 yil 26 iyul kunida Taypey shahar hukumati Xitoy madaniyati va kino markazining sinov muddati bilan ishini boshladi. Sinov operatsiyasidan va million NT dollarlarini sarflagandan so'ng, park noma'lum muddatga yopiladi.

Tasvirlar galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tayvan kino
  • Tayvan madaniyati
  • Tayvandagi muzeylar ro'yxati
  • Sinikizatsiya

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]