Xayrulla Joʻrayev
Xayrulla Joʻrayev | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
20-yanvar 1945-yil |
Vafoti |
19-noyabr 2023-yil (78 yoshda) Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
![]() |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Kasbi | kinorejissyor |
Unvoni | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi |
Mukofotlari |
![]() |
Xayrulla Ravshanovich Joʻrayev (1945.20.1, Zomin tumani – 2023-yil 19-noyabr, Oʻzbekiston[1]) – kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1970). Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rej., muharrir, bosh muharrir (1976—87). „Videofilm“ markazining direktori (1988— 89). Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi (1992—93), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1993-96), 1996-yil 1 noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri. Qisqa metrajli: „Ahmatovlar oilasi“, „Abdumannon Umarov“, „Abdulla Qodiriy“, „Hamid Olimjon“ va b.; toʻla metrajli: „Fuqaro“, „Barcha fazilatlar senda mujassam“, „Afgʻoniston, 85-yil kuzi“, „Ikki million tanish chehra“ (M. Qayumov bilan hamkorlikda) va b. filmlar yaratgan. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (2000)[2]. 2023-yil 19-noyabr kuni 78 yoshida vafot etgan[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi“. xabar.uz (19-noyabr 2023-yil). 19-noyabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-noyabr 2023-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |