Xaynan
Qiyofa
|
| |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 33 920 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | 1840 m. |
| Eng baland nuqtasi | Wuzhi Mountain |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | Xitoy |
| Mintaqa | Xitoy |
| Demografiya | |
| Aholisi | 9 171 300, 8 671 518 va 10 081 232 |
| Qo'shimcha ma'lumot | |
Xaynan – Xitoydagi provinsiya. Janubiy Xitoy dengizidagi orolda. Materikdan Xaynan boʻgʻozi orqali ajralgan. Maydoni 34,3 ming km². Aholisi 7,5 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi – Xaykou shahri Relyefi, asosan, tekislik, janubida togʻlar (eng baland joyi 1867 m) bor. Iqlimi mussonli, tropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16-19°, iyulniki 29°. Doim yashil oʻrmon va butazorlar bor. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Sholi, paxta, shakarqamish ekiladi. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo va rezina, oziq-ovqat (choy, shakarqand, kokos yongʻogʻi, konserva) sanoati korxonalari mavjud. Provinsiya 1988 yilda tashkil etilgan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |