Xatiko: Eng sodiq do'st

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xatiko: Eng sodiq do'st
Hachi: A Dog's Tale
Janri Drama
Rejissyor(lar) Lasse Hallström
Prodyuser(lar) Richard Gere
Bill Johnson
Ssenariynavis(lar) Stephen P. Lindsey
Hikoya Hachikō Monogatari
Kaneto Shindô
Rollarda Richard Gere
Joan Allen
Erick Avari
Jason Alexander
Bastakor(lar) Jan A. P. Kaczmarek
Kinematografiya Ron Fortunato
Studiya(lar) Affirm Films
Hachiko, LLC
Grand Army Entertainment, LLC
Opperman Viner Chrystyn Entertainment
Scion Films
Inferno Production
Distribyutor Stage 6 Films
Sony Pictures Entertainment
Chiqarilgan sanasi
  • 8-iyun, 2009-yil(2009-06-08) (Seattle)
Davomiyligi 97 daqiqa
Mamlakatlar United States
United Kingdom
Til Ingiliz
Byudjeti $16 million
Daromadi $46.7 million

Xatiko: Eng sodiq do'st 2009-yil suratga olingan Amerika drama filmi. Yaponyalik rejissyor Kaneto Shindoningning 1987-yildagi Hachiko filmiga remeyk hisoblanadi. Asil filmda Akito zotli Hatiko laqabli itning o'z professor hujayiniga bo'lgan sadoqati real voqiyalarga asoslangan holda tasvirlangan. Ushbu film Yaponiyada 1985-yilda ekranlarga chiqqan, hamda keyinchalik(2009) Amerikalik kino ijodkorlar tomonidan qayta ekranizatsiyalashtirilgan. Zamonaviy versiya rejissyor Lasse Hallström, senariy mualliflari Stiven P. Lindsi, Bill Jonson va Richard Gere (Kaneto Shindo tomonidan yozilgan hikoyaga asoslangan). Filmda bosh rollarni Gere, Joan Allen, Sarah Roemer, Jeyson Aleksandr va Keri-Xiroyuki Tagava ijro etgan.

“Xatiko: Eng sodiq do'st” filmi 2009-yil 13-iyun kuni Sietl xalqaro kinofestivalida premyera qilingan. Yaponiyada esa filmining premyerasi 2009-yil 8-avgustda boʻlib oʻtgan. Film Buyuk Britaniyada 2010-yil 12-martda kinoteatrlarda namoyish etilgan. Film Entertainment Film Distributors tomonidan taqdim etilgan va 2009 va 2010-yillar davomida 60 dan ortiq mamlakatlarda namoyish etilgan. 2010-yil sentabr oyi oxiriga kelib, filmning xorijiy prokat daromadlari 45 million dollardan ortiqni tashkil qilgan[1] Sony Pictures Entertainment decided to forgo a U.S. theatrical release, bringing the film out on DVD on March 9, 2010[2] and eventually selling it to the Hallmark Channel, where it debuted on September 26, 2010.[1].

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ronni o'z sinfdoshlariga uning qahramoni bobosi Parker Uilsonning iti Xatiko ekanligini va uning hikoyasini aytib berishini aytadi.

Har kuni Rod-Aylend, Providens shahriga boradigan professor Parker Uilson Bedrijdagi temir yo‘l vokzalida yo‘qolgan it bolasini topib oladi va uni uyiga olib ketadi. Parkerning oilasiga it kerak emas edi, lekin Professorga kuchukcha yoqib qoladi va uni o'zi bilan hamma joyga olib boradegan bo'ladi. Parkerning yaponiyalik do‘sti Kenning aytishicha, it Akita zotidan bo'lib va uning bo'ynidagi belgi "Xati" (Yaponchada "Sakkiz") degan ma'noni bildirar edi. Shunday qilib Parker itni "Xatiko" deb ataydi, chunki bu yaponchada omadli raqam edi. Parkerning rafiqasi Keyt Uilson oxir-oqibat Xatiga ko'nikadi, lekin uni baribir tashqaridagi uychada saqlaydilar. Parker Xatikoni oddiy itlar qiladigan mashg'ulotlarga o'rgatish harakat qiladi, lekin zottor it bunday mashg'ulotlarni hushlamaydi. Xati bilan professor to'p uloqtirib uynashga harakat qilsada it bunga etibor ham bermas edi. Professorning do'stni Ken Akita zotidagi itlarini qo'lga o'rgatish mumkin emasligini tushuntiradi. Agar Xatiko to'pni olib kelsa, bu alohida sababga ko'ra bo'lishi mumkin edi. Keyinchalik Parkerning qizi Endi Mayklga turmushga chiqadi va Xatiko oilaviy nikoh fotosuratida birgalikda tushadi. Nikohdan ko'p o'tmay, Endi homiladorligini ma'lum qiladi. Yillar o'tib, katta yoshli Xatiko panjara ostini qazib, Parkerni stantsiyaga kuzatib boradi. U uyga borishdan bosh tortadi va Parker poyezdni o‘tkazib yuboradi. U uni Keytga topshiradi va keyingi poezda manziliga yetib oladi. Soat 17:00 da u poyezddan qaytadi va bekatda uni kutib turgan Xatikoni ko‘rib hayron bo‘ladi. Bekatga bir o‘zi kelganini bilib hayron bo‘ladi. Shu tariqa bu jarayon xar kuni davom etadi, ikkalasi stansiyaga piyoda yo'l olishadi, Parker poezdda jo'naydi, Xati uyga qaytib va Parkerni kutib olish uchun soat 17:00 da qaytib kelar edi.

Biroq, bir kuni ertalab Xatiko uyda o'zini g'alati tutadi birinchi marta professorga birinchi marta koptokchani olib kelib beradi. Ular bir muddat o'ynashadi hamda Parker oxir-oqibat to'pni cho'ntagiga solib, ishga tomon keta boshlaydi. Xatiko bezovtaligini bildirib hura boshlaydi va hujayini ishga borishini istamas edi. Birgalikda poyezd stansiyasiga borishadi, Xati hujayini kuzatib quyar ekan bezovtalik bilan hujayinini ohirgi marta ko'rayotganini sezib turar edi. Bir necha soat o'tgach, hali ham to'pni ushlab turganda, Parker o'z sinfida talabalarga dars berayotib halokatli insultga uchraydi hamda yiqilib tushadi. Xatiko esa uning kelishini temir yo'l stantsiyasida kutib turar edi. Soat 21:30 da Maykl temir yo'l vokzaliga keladi va Xatikoni uyiga olib boradi. O'zining uychasida Xati oilaning Parkerni motamni tutayotganini jimgina kuzatib turar edi. Ertasi kuni ertalab Parkerning oila a'zolari va do'stlari uning dafn marosimiga yig'ilishadi, Xati esa hujayinini poyezd stantsiyada kutib olish uchun boradi bu jarayon har kuni kun davomida davom etardi, ammo intizorlikda qancha kutmasin professor kelmas edi. Ko'p o'tmay, Keyt uyni sotib yuboradi va ko'chib ketadi. Xati Endi, Maykl va ularning chaqaloq o'g'li Ronni bilan birgalikda Bidridgidan ancha uzoqda yashar edi. Biroq, Xati poezd yo'llari bo'ylab Bedridgigacha boradi. Endi va Maykl uni topib, uylariga olib ketishadi. Xati har kuni stantsiyada professorni kutib turar edi, xot-dog sotuvchi Jasjit va boshqa o'tkinchilar uni ovqatlantirishar it esa o'z egasi hamon ishdan qaytishidan umidvor edi. Ko'p o'tmay, muxbir Xati haqida hikoya yozadi va odamlar unga pul va narsalar yuborishni boshlaydilar. Professorning do'sti Ken Xatini yangiliklarda o'qib qoladi, Bedridgega borib va Xati bilan yapon tilida gaplashadi: U ham eng yaxshi do'stini sog'inadi. Parkerning o'limining o'ninchi yilligida Keyt uning qabrini ziyorat qilish uchun shaharga keladi, u yerda Ken ham bor. U bekatda xo‘jayinini kutib turgan keksa Xatini ko‘rib hayajonlanib ketadi. Keyinchalik Keyt 10 yoshli Ronniga Xatining hikoyasini aytib beradi. Keyinroq Xati Parkerni kutayotganda, stantsiyadagi joyida vafot etadi.

Hozirgi vaqtda Ronnining aytishicha, bobosi va Xati unga "sodiqlik" ma'nosini o'rgatgan, ya'ni "siz hech qachon sevganingizni unutmasligingiz kerak". U Xati abadiy qahramoni bo'lib qoladi degan xulosaga keladi. Maktab avtobusidan Ronni Maykl va Hati ismli kichkina kuchukcha bilan uchrashadi. Ronni va kuchukcha Hati yillar oldin bosib o'tgan yo'llardan o'tishadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo'shimcha rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Hachi" filmining partiturasi Yan A. P. Kachmarek tomonidan yozilgan.

Qo'shiqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Japan" (03:26)
  2. "New Home" (01:47)
  3. "The Foot" (02:40)
  4. "Dance Rehearsal" (02:15)
  5. "Storm and the Rescue" (01:36)
  6. "The Second Dance" (00:51)
  7. "Under the Fence" (01:51)
  8. "Treats from Cate" (01:52)
  9. "Parker's Dance Played on Piano" (03:42)
  10. "Parker and Hachi Walk to the Station" (02:04)
  11. "Baby" (01:23)
  12. "Marriage Bath" (03:27)
  13. "Fetch" (02:12)
  14. "To Train Together" (03:25)
  15. "Packing Boxes" (02:15)
  16. "Parker and Hachi" (03:28)
  17. "Hachiko Runs Away" (04:27)
  18. "Memory of the Storm" (01:36)
  19. "Hachi Waiting for Parker Again" (02:51)
  20. "Hachi's Last Trip to the Station" (02:06)
  21. "Goodbye" (02:10)
  22. "Hachi, Parker, Cate and Memories" (03:58)
  23. "Hachi's Voice (Version 1)" (Bonus track) (00:14)
  24. "Hachi's Voice (Version 2)" (Bonus track) (00:10)
  25. "Hachi's Voice (Version 3)" (Bonus track) (00:11)
  26. "Hachi's Voice (Version 4)" (Bonus track) (00:09)


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Itzkoff, Dave. „Film Has Two Big Names and a Dog, but No Big Screens“ (en-US). The New York Times (2010-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-may.
  2. „Hachi: A Dog's Tale (2009) - Misc Notes - TCM.com“ (en). Turner Classic Movies. Qaraldi: 2020-yil 26-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]