Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ing: International Anti-Corruption Day, arab: اليوم الدولي لمكافحة الفساد, ‎isp: el Día Internacional contra la Corrupción, xit:. 国际反腐败日, fr: la Journée internationale de lutte contre la corruption ) — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2004-yildan beri har yili 9-dekabrda (2003-yil 21-noyabrdagi A / RES / 58/4-sonli rezolyutsiya)nishonlanib kelinadi. 2003-yil 9-dekabrda Meksikada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan.

Ushbu Xalqaro kunni belgilashdan maqsad, Bosh Assambleya rezolyutsiyasida qayd etilganidek, korrupsiya muammosi va Konvensiyaning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishdagi rolini chuqurroq tushunish bo‘lgan. Qarorda ushbu kunni keng nishonlash va tegishli tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidategishli bandlar mavjud.

Bosh Assambleya rezolyutsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasiga (UNODC) Konvensiyaga a’zo davlatlar konferensiyasining kotibiyati vazifasini bajarishga ko‘rsatma berishni so‘raydi va har yili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan UNODC direktori ushbu sana haqida xabar beradi. Odatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi BMTning boshqa xalqaro kunlari munosabati bilan xuddi shunday xabar beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 2015-yil 9-dekabrdagi murojaatida[1] :

Biz 2030-yilga qadar qashshoqlikka barham berish va barcha uchun munosib hayotni ta’minlashni rejalashtirar ekanmiz, Barqaror rivojlanish bo‘yicha yangi kun tartibida korrupsiyaga qarshi har tomonlama kurashish zarurligini tan olamiz va noqonuniy moliyaviy oqimlarni sezilarli darajada qisqartirish va o‘g‘irlangan mulkni qaytarishga chaqiramiz, degan.

2015-yil 9-dekabrdagi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov nutqida[2] :

Korrupsiya va poraxo‘rlik o‘z maqsadiga yetib, tenglik va adolat barbod bo‘lsa, butun jamoalar zarur infratuzilma, shifoxona va maktablarsiz qolishi mumkin. Bundan tashqari, korrupsiya muhim huquqiy masalalarning asosini buzadi, sanoatga zarar yetkazadi va raqobat tushunchasini yo‘qotadi, deya ta’kidlagan.

Xalqaro tadbirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2003-yildan buyon Transparency International  har yili Global korrupsiya barometrini nashr etib keladi. 2004-yildan boshlab ushbu hisobot Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga to‘g‘ri keladi.
  • 2015-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ,,Korrupsiya zanjirini uzing” deb nomlangan qoʻshma xalqaro kampaniyani, shu jumladan, fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda #breakthechain xeshtegini qoʻllab-quvvatlashga toʻgʻridan-toʻgʻri chaqiruvni boshlagan[3][3] .

Mazkur sananing yillik mavzulari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2004-yil – ,,Hamma korrupsiya bilan to‘laydi”;
  • 2005-yil – ,,Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz”;
  • 2006-yil – ,,Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz”;
  • 2007-yil – ,,Korrupsiya – hayotimizda YO‘Q”;
  • 2008-yil – ,,Korrupsiya – hayotimizda YO‘Q”;
  • 2009-yil – ,,Biz korrupsiya taraqqiyotga putur etkazishiga yo‘l qo‘ymaymiz”;
  • 2010-yil – ,, Korrupsiya – hayotimizda YO‘Q”;
  • 2011-yil - ACT (inglizchaning qisqartmasi ,,Against Corruption Today” ,,Bugungi kun korrupsiyaga qarshi”;
  • 2012-yil – ,,Korrupsiya. Sizning ,,YO‘Q” degan javobingiz ahamiyatlidir” (,,Corruption. Your ,,NO” counts”);
  • 2013-yil – ,,Korrupsiya nol – 100 foiz rivojlanish”;
  • 2014-yil – ,,Korrupsiya zanjirini uzing”;
  • 2015-yil – ,,Korrupsiya zanjirini uzing”;
  • 2016-yil – ,,Taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik yo‘lida korrupsiyaga qarshi birlashaylik”;
  • 2017-yil – ,,Taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik yo‘lida korrupsiyaga qarshi birlashaylik”;
  • 2018-yil – ,,Taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik yo‘lida korrupsiyaga qarshi birlashaylik”;
  • 2019-yil – ,,Taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik yo‘lida korrupsiyaga qarshi birlashaylik”;
  • 2020-yil ,,Bir butunlikni tiklash”;
  • 2021-yil – ,,Sizning huquqingiz, sizning vazifangiz: korrupsiyaga yo‘q deng”.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]