Xalqaro arbitraj sudi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
International Court logo

Xalqaro arbitraj sudi — xalqaro savdo palatasi organi bo'lib, 1923-yilda Parijda asos solingan, xalqaro nizolarni ko'rish va hal etish bo'yicha noyob tajribaga ega Xalqaro arbitraj sudi o'z navbatida Xalqaro savdo palatasi Kengashi tomonidan saynadigan rais, rais o'rinbosaridan, shuningdek advokatlardan iborat bo'ladi. Sud a'zolari Milliy qo'mitaning tavsiyasiga ko'ra Kengash tomonidan tayinlanadi. Rais, uning o'rinbosarlari va sudyalar Xalqaro savdo palatasining a'zosi hisoblanadi. Ularning mehnatlari rag'batlantirilmaydi, faqatgina sud sessiyalari davrida ularga haq to'lanadi.

Sud Bosh kotib va Bosh maslahatchidan iborat bo'lgan doimiy faoliyat ko'rsatuvchi kotibiyatga ega bo'ladi. O'z navbatida Bosh maslahatchi Bosh kotib o'rinbosari, advokatlik hay'ati a'zosi vazifasini ham bajaradi. U sudda ish yuritishga javob beradi, advokatlarga hamda boshqa huquqshunoslarga yordam beradi, shuningdek sud xodimlari ishini tashkil qilish va ta'minlash bo'yicha qo'shimcha ma'muriy ishlarni bajaradi.Sud kotibiyatining dunyoning o'nta davlatida turli tillarda so'zlashuvchi vakilari mavjud. Ularning kasbiy mahorati o'z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni ma'suliyat bilan bajarishlariga imkon beradi. Xalqaro sud palatasi arbitraji Xalqaro arbitraj sudi Kotibiyatiga da'vo arizasi (murojaat) kelib tushgandan e'tiboran boshlanagn deb hisoblanadi.[1] Mazkur da'vo arizalarida arbitraj jarayoni boshlash haqidagi talablar bo'lishi mumkin emas. Odatda, ariza arbitraj ishi yuritiladigan tilda yoziladi, agar taraflar ishni qaysi tilda yuritilishi yuzasidan kelishuvga erishmagan bo'lsalar, shatnoma tuzilgan tilda ish yuritilishi mumkin.

Arizada quyidagilar bo'lishi talab etiladi: a)taraflarning nomi va manzili, ular faoliyatining qisqacha mazmuni, shuningdek teleks, faks va telefon raqamlari; b) ish holatlari va faktlar haqidagi ma'lumotlar; d)nizolarning xarakteri(shatnoma bekor qilish, hisob-kitob bo'yicha norozilik sabablari va boshqalar) Kotibiyat arizaning qabul qilinganligini tasdiqlaydi, javobgarga arizaning nusxasini yuboradi. O'z navbatida javobgar arizaning nusxasini olgan kundan e'tiboran 30 kun ichida ishni ko'radigan arbitrlar sonini ko'rsatib, javob xati yuborishlari kerak. Chunki, Xalqaro savdo palatasi qoshidagi Xalqaro arbitraj sudi sud tarkibini avvaldan aniqlashtirib olishlari lozim bo'ladi. Xalqaro arbitraj sudi nizo bo'yicha qaror qabul qilmaydi. Ushbu majburiyat taraflarning talab va e'tirozlarini eshitgan, ishni mazmunan ko'rgan bir yoki uch sudyadan iborat bo'lgan tarkibdagi sudyalar nomidan chiqariladi. Arbitrlar huquqshunos bo'lmasliklari ham mumkin, lekin albatta taraflardan mustaqil bo'lishlari talab etiladi. Taraflar, shuningdek arbitraj jarayonini qayerda o'tkazilishini, uning o'tkazilish tartib-prinsipini belgilash, uning qaysi tilda olib borilishini tanlash huquqiga ega bo'ladilar(arbitraj jarayoni o'tkaziladigan joydagi huquq normalariga rioya qilish sharti bilan). Agar tarflar kelishuviga erishadigan bo'lsalar, Xalqaro arbitraj jarayonining qayerda o'tkazilishini belgilash huquqiga ega bo'ladi.[2]

  1. The Secretariat of the ICC International Court of Arbitration. 75008 Paris (France) — Cours Albert 1-er bet. 
  2. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi.2009 — 501-502-betlar bet.