Xalil (Oq qo‘yunli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton Xalil yoki toʻliq ismi Abul-Fath Sulton Xalil ( ozarbayjoncha : Əbülfəth Sultan Xəlil ; forscha :سلطان خلیل بن اوزون حسن ) — Oq qo‘yunlidavlatining 2-hukmdori. 1478-yil 6-yanvardan 1478-yil 15-iyungacha davlatni boshqargan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Uzun Hasanning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. U shahzodalik yillarida Fors hududigaga hokim etib tayinlangan. Otasi Uzun Hasan 1478-yilning 6-yanvarida vafot etgandan so‘ng Xalil taxtni egalladi. Biroq, ilk yillarida u akalari va amakisi bilan taxt uchun kurash olib bordi. U ukasi shahzoda Maqsutni tutib, qatl qildirdi. Uning boshqa ukalari shahzoda Yoqub va Yusuf surgun qilindi. O‘sha yili u amakisi Murod Bey Bayandurni mag‘lub etib, haqiqiy hokimiyatga erishdi. Hukmronligi davrida davlatda markaziy siyosat olib bordi. Biroq uning amalga oshirgan bu siyosati ayrim turkman amirlariga yoqmadi. Xalil 1478-yil iyul oyida u Xoy shahri yaqinida surgunda yashagan 14 yoshli ukasi shahzoda Yoqubni taxtga nomzod qilib ko‘rsatayotgan turkmanlarga qarshi kurashdi. U urushda magʻlubiyatga uchragach, ukasi tomonidan asirga olindi va yangi hukmdor deb eʼlon qilingan Sulton Yoqubning buyrugʻi bilan Sulton Xalil 14 Robiul-avval (Milodiy 15 iyun 1478) yili dushanba kuni qatl qilindi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning ismi noma’lum bo‘lgan xotinidan ikki o‘g‘li borligi ma’lum.

O‘g‘illari:

  • Abul Maali Ali Mirzo
  • Elvend Mirzo

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Quiring-Zoche, R. (1986) „Aq Qoyunlu“ Encyclopedia Iranica, online edition, Vol. II, Fasc.2 New York. pp. 163-168
  2. Roemer,H.R. (1986).„ The Turkmen dynasties“. In Lockhart, Laurence; Jackson, Peter. The Cambridge History of Iran, Vol6: The Timurid and Safavid Periods. ISBN 0-521-20094-6

.