Xalifa ibn Xayyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Amr Xalifa ibn Xayyot al-Laysiy al-Usfuriy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 777
Vafoti 864
Kasbi Tarixchi
Dini Islom

Abu Amr Xalifa ibn Xayyot al-Laysiy al-Usfuriy (arab. خليفة بن خياط) (160-161/777 – 239-240/854 yy.) abbosiylar davri arab tarixchisidir.

Uning oilasi Iroqning Basra shahridan edi. Uning bobosi taniqli muhaddis bo‘lgan. Uning shogirdlari bo‘lgan buyuk islom ulamolari orasida Buxoriy va Ahmad ibn Hanbal kabi olimlar ham bor edi.

U kamida toʻrtta asar yozgan, ulardan ikkitasi bizgacha yetib kelgan, bular “at-Tabaqat” va “at-Tarix” asarlaridir. “At-Tarix”ning XI asrga oid nusxasi 1966-yilda Marokashning Tamegrout qishlog‘idagi Nosiriyya zoviyasidan topilmaguncha ma’lum emas edi. U yerda mahalliy quruq iqlim kitobning saqlanib qolishiga yordam bergan. Asar suriyalik tarixchi Suhayl Zakkor tomonidan tahqiq qilingandan so‘ng, 1967-yilda nashr etilgan.