Xadichai Kubro madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Xadichai Kubro madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Olmazor tumani
Manzil Olmazor dahasi
Fayziobod koʻchasi 1-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Asoschi Normuhamedova Malikaxon Nig’matovna
Asosiy sana:
Holati ayol-qizlar oʻrta-maxsus islom bilim yurti
Sayt Rasmiy sayt


Xadichai Kubro madrasasi (1993—1998-yillarda Eshon Boboxon madrasasi) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ayol-qizlar oʻrta-maxsus islom bilim yurti. Toshkent shahrida (Oʻzbekiston, Toshkent, Uchtepa tumani, Oʻrikzor dahasi, Zarafshon koʻchasi 15-uyda) joylashgan[1].

Madrasa oʻz faoliyatini 1993-yilda Eshon Boboxon nomi ostida boshlagan. 1998-yilda nomi Xadichai Kubroga oʻzgartirilgan[1].

Bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi musulmonlari uchun oʻrta maʼlumotli dinshunos, odobnoma, boshlangʻich arab tili oʻqituvchisi tayyorlanadi. Oʻqish muddati 3 yil[2] (ilgari 4 yil boʻlgan[1]).

Hozirda talabalarga 30 ga yaqin oliy maʼlumotli mudarrislar dars berishmoqda. Bilim yurti ikki qavatli binoda joylashgan boʻlib, jami 7 ta oʻquv mashgʻulot xonalari mavjud[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Xadichai Kubro madrasasi“. Shosh.uz. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Taʼlim muassasasi“. Xadicha.uz. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2021-09-24 sanasida arxivlangan)