Kontent qismiga oʻtish

Wálter Veizaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wálter Veizaga
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wálter Veizaga Argote
Tavallud sanasi 24-iyul 1988-yil (1988-07-24) (36 yosh)
Tavallud joyi Cochabamba, Boliviya
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 Wilstermann 42 (2)
2011—2012 Oriente Petrolero 22 (0)
2012—2020 The Strongest 268 (13)
Milliy terma jamoa
2010—2018 Boliviya 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (3-yanvar uchun)

Wálter Veizaga Argote (talaffuzi: Valter Veisaga Algorte; 1988-yil 24-iyulda tugʻilgan Boliviyaning Kochabamba shahrida tugʻilgan) — boliviyalik futbolchi, „The Strongest“ futbol klubi va Boliviya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wálter Veizaganing birinchi professional futbol klubi „Jorge Wilstermann“ boʻlib, u jamoa safida 2008-yilgi mavsumda Boliviya chempionatida debyut qilgan. 2010-yil 3-iyunda „San José Oruro“ futbol klubiga qarshi bahsda Wálter Veizaga milliy chempionatda jamoa safidagi birinchi golini urdi[1]. 2010-yilgi mavsumda Wálter Veizaga Boliviya chempioni boʻlgan.

2012-yilda Wálter Veizaga „The Strongest“ futbol klubiga oʻtdi. 29-iyul kuni „Universitario“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „The Strongest“ jamoasi safida debyut qildi[2]. 26-avgust kuni „Aurora“ futbol jamoasiga qarshi kechgan bahsda Wálter Veizaga „Jorge Wilstermann“ jamoasi safidagi ilk golini urdi[3]. U „The Strongest“ futbol jamoasi safida ketma-ket ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2017-yilda Libertadores kubogi doirasida Peruning „Sporting Cristal“ va Chilining „Unión Española“ klublariga qarshi oʻyinlarda Wálter Veizaga bittadan gol urdi[4][5].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 25-fevralda Wálter Veizaga Boliviya terma jamoasi safida Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[6].

2015-yilda Wálter Veizaga Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan edi. Turnirda u Chiliga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[7].

2016-yilda milliy terma jamoa tarkibida Wálter Veizaga AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Chili terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[8].

Jamoa Mamlakat Mavsum
Jorge Wilstermann Boliviya bayrogʻi Boliviya 2010
Oriente Petrolero Boliviya bayrogʻi Boliviya 2011—2012
The Strongest Boliviya bayrogʻi Boliviya 2012—2020
Real Tomayapo Boliviya bayrogʻi Boliviya 2021—hozirgacha
  1. „Хорхе Вильстерманн VS. Сан-Хосе Оруро 3:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 3-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  2. „Университарио VS. Стронгест 1:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 29-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  3. „Аурора VS. Стронгест 0:2“ (ru). soccerway.com (2012-yil 26-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  4. „Стронгест VS. Унион Эспаньола 5:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-fevral). 2017-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-may.
  5. „Стронгест VS. Спортинг Кристал 5:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-may). 2017-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-may.
  6. „Мексика VS. Боливия 5:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 25-fevral). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  7. „Чили VS. Боливия 5:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 20-iyun). 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.
  8. „Чили VS. Боливия 2:1“ (ru). soccerway.com (2016-yil 11-iyun). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.