Whitney muzey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Whitney Amerika sanʼati muzeyi norasmiy ravishda "The Whitney'' nomi bilan tanilgan, Nyu-York shahridagi Manxettenning Meatpacking tumani va West Village mahallasida joylashgan sanʼat muzeyi. Muzeyga 1930-yilda boy va taniqli amerikalik sotsialist, haykaltarosh va sanʼat homiysi Gertrude Vanderbilt Whitney (1875-1942) tomonidan asos solingan.

Gertruda Whitney 20-21-asr Amerika sanʼatiga doir asarlarni toʻplashga qiziqib qoladi.Uning 19-asr oxiridan hozirgi kungacha boʻlgan doimiy kolleksiyasi 3500 dan ortiq rassomlarning 25 000 dan ortiq rasm, haykaltaroshlik, chizma, bosma nashrlar, fotosuratlar, filmlar, videolar va yangi media artefaktlarini oʻz ichiga oladi. U tirik rassomlarning asarlarini namoyish etishga, shuningdek, oʻtgan asrning birinchi yarmidagi muhim asarlarning doimiy toʻplamini saqlashga alohida eʼtibor bergan. Muzeyning yillik va ikki yillik koʻrgazmalar ham mavjud boʻlib, unda hali u qadar tanilmagan yosh rassomlar asarlari namoyish etiladi.

Muzey dastlab 1966-yildan 2014-yilgacha Whitney Manxettenning Yuqori Sharq tomonidagi 945 Madison avenyusida Marsel Breuer va Hamilton P. Smit tomonidan ishlab chiqilgan binoda boʻlgan. 2014-yil oktabr oyida bino yopilib, hozirgi binosiga koʻchib oʻtdi, bu bino Renzo Piano tomonidan Gansevoort koʻchasida loyihalashtirilgan va 2015-yil 1-mayda ochilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzeyning dastlabki binosi

Gertrude Vanderbilt Whitney muzey asoschisi, taniqli haykaltarosh va jiddiy sanʼat kolleksiyachisi edi. Sanʼat homiysi sifatida u 1905-yilda sanʼat bilan shugʻullana boshladi va 1914-yildan 1928-yilgacha Nyu-Yorkdagi Whitney Studio va Whitney Studio Club koʻrgazma maydonlarida avangard va tan olinmagan asarlarini ommaga targʻib qilish uchun ishlagan.[1][2]

Muzey asoschisi yordamchisi Juliana R. Force yordamida 700 ga yaqin Amerika sanʼatiga oid asarlarni toʻpladi. 1929- yilda Withney Metropolitan sanʼat muzeyiga 500 dan ortiq eksponatlarni sovgʻa qilishni taklif qildi, ammo muzey sovgʻalarni rad etdi.[3]

Whitney kutubxonasining 1928-yildagi arxivlari shuni koʻrsatadiki, Studio klubi Sanʼat talabalari ligasi vakili Vilgelmina Weber Furlongning galereya maydonidan modernistik ishlarni aks ettiruvchi sayohat shoularini namoyish qilish uchun foydalangan.[4][5] Whitney Amerika sanʼati muzeyi 1930-yilda tashkil etilgan.[6] Force muzeyning birinchi direktori boʻldi va uning rahbarligida u yangi va zamonaviy amerikalik rassomlarning asarlarini namoyish etishga eʼtibor qaratdi.[7]

1954-yilda muzey oʻzining asl joyini tark etdi va 53-koʻchadagi Zamonaviy sanʼat muzeyi bilan bogʻlangan inshootga koʻchib oʻtdi. 1958-yil 15-aprelda MOMA (Zamonaviy sanʼat muzeyi)ning ikkinchi qavatida bir kishi halok boʻldi va yongʻin natijasida MOMAning yuqori qavatlaridagi rasmlar va xodimlarni Uitniga evakuatsiya qilishga majbur boʻlindi. Evakuatsiya qilingan suratlar orasida Chikago sanʼat institutidan ijaraga olingan La Grande Jatte orolida A Sunday Atfernoon on the Ilsand of L aGrande Jatte (Yakshanba kuni tushdan keyin) asari ham bor edi.[8]

Marsel Breuer tomonidan loyihalashtirilgan Whitney zamonaviy sanʼat muzeyi binosi

1961-yilda Whitney muzey uchun kattaroq joy izlay boshladi. 1966-yilda u Madison avenyusining janubi-sharqiy burchagida va Manxettenning Yuqori Sharq tomonidagi 75-koʻchaga muzey kolleksiyasi koʻchirildi.[9] Yangi bino 1963-1966- yillarda Marsel Breuer va Hamilton P. Smit tomonidan oʻziga xos zamonaviy uslubda rejalashtirilgan va qurilgan.

Muzey muassasasi koʻp yillar davomida kosmik muammolar bilan kurashdi.[10] 1967-yilda muzeyda Art Resources Center (ARC) deb nomlangan sunʼiy yoʻldosh maydoni ochildi.[11] 1981-yilda muzey Konnektikut shtatining Stamford shahrida Champion Internationalda joylashgan koʻrgazma maydonini ochdi.[12] 1980-yillarning oxirida Whitney Park Tower Realty, IBM va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Equitable Life Assurance Society kompaniyalari bilan kelishuv tuzib, oʻz binolarining qabulxonasida aylanma koʻrgazmalar bilan sunʼiy yoʻldosh muzeylarini tashkil qildi.[13] Har bir muzeyning oʻz direktori boʻlib, direktorlar Whitney qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan.[12]

Muassasa 1978-yilda oʻzining binosini kengaytirishga qaror qildi va Buyuk Britaniya meʼmorlari Derek Uoker va Norman Fosterga muzey yonida baland minorani loyihalashtirishni topshirdi.[10] Ammo ular bilan tuzilgan shartnoma uzoqqa bormadi. Bu, albatta, mablagʻ bilan bogʻliq edi.Endi muzey kolleksiyalari uchun qoʻshimcha joy ajratish uchun oʻsha paytdagi direktor Tomas N. Armstrong III mas’ul boʻldi.U asosiy binoga qoʻshimcha 10 qavatli yangi bino loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaga 37,5 million dollarga mablagʻ sarflash belgilandi. Loyiha meʼmor Maykl Graves tomonidan ishlab chiqildi.Ammo uning loyihasi darhol qarshiliklarga sabab boʻldi.Loyiha 1989-yil bekor qilindi.[14] 1995-yildan 1998-yilgacha bino meʼmor Richard Glukman tomonidan taʼmirlandi va kengaytirildi. 2001-yilda Rem Koolhaasga 200 million dollarlik kengayish uchun ikkita dizaynni taqdim etdi. Bu rejalar ham 2003-yilda[15] bekor qilindi, bu esa direktor Maksvell L. Andersonning isteʼfoga chiqishiga sabab boʻldi.[16] Nyu-Yorklik restavrator Denni Meyer 2011-yil mart oyida muzeyda restoran ochdi. Restoran loyihasi Rockwell Group tomonidan ishlab chiqilgan.[17]

Muzeyga kirish
Whitney zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu-York shahri, 2016-yil.Bino Renzo Piano tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida

Muzey uchun yangi loyiha Renzo Piano tomonidan ishlab chiqildi. Qurilish ishlari 2010-yilda boshlangan va 2015-yilda yakunlangan[9] Bu loyihaga 422 million dollar sarflandi.[18]

Yangi tuzilma 200,000 kvadrat fut (19,000 m2) va sakkizta qavatni tashkil qildi. Muzey shaharning ustunsiz sanʼat galereyasini, taʼlim markazini, teatr, konservatsiya laboratoriyasini, kutubxona va oʻqish zallarini oʻz ichiga oladi. Ikki qavat muzeyning doimiy kolleksiyasi bagʻishlangan.[19] Muzey lift qurilmasi Richard Artschvager tomonidan ishlab chiqilgan. ishlagan.[20] Yangi bino kolleksiyasi 400 dan ortiq rassomlarning 600 dan ortiq asarlarini oʻz ichiga oladi.[21]

Yangi bino eskilariga qaraganda ancha keng va ochiq.[22]

Muzeyning yangi binosi uchun 760 million dollar toʻplanishi kerak edi. 2011-yil may oyida Metropolitan sanʼat muzeyi 2015-yildan boshlab Medison avenyu binosini kamida sakkiz yil davomida egallash toʻgʻrisida shartnoma tuzganini eʼlon qildi, bu Uitnining ikkita yirik muzey maydonini moliyalashtirish yukiniy engillashtirdi.[23] Keyinchalik eski makonni egallash 2016-yilga qoldirildi[24]

2015-yil 30-aprelda Michelle Obama va Bill de Blasio ishtirok etgan tantanali qizil tasmani kesgandan soʻng[21] yangi bino 2015-yil 1-mayda ochildi[25]

Kolleksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey kolleksiyalari rasmlar, chizmalar, nashrlar, haykallar, montaj sanʼati, video va fotografiya asarlaridan iborat.

Doimiy kolleknsiyadan oʻrin olgan asl 600 ta asar 1954-yilda ikkinchi bino ochilishi bilan 1300 ga yetdi. 1966-yilda Madison avenyudagi Breuer binosiga koʻchib oʻtgandan soʻng, bu raqam 2000 ga yetdi. Muzey 1991-yilda fotosuratlarni yigʻishni boshladi. Bugungi kunda, 19-asr oxiridan hozirgi kungacha boʻlgan toʻplamda 3500 dan ortiq rassomlarning 25 000 dan ortiq asarlari mavjud.[26] Muzey kolleksiyalarida Jozef Albers, Joe Andoe, Edmund Archer, Donald Baechler, Tomas Hart Benton, Jonatan Borofski, Luiza Burjua, Sonia Gordon Braun, Charlz Burchfild, Aleksandr Kalder kabi ijodkorlar asarlari mavjud.

Muzeyda har ikki yilda bir marta Whitney Biennial xalqaro sanʼat koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi, unda Amerika sanʼatida hali yangi rassomlar asarlari namoyish etiladi.[27]

Oʻzining anʼanaviy kolleksiyasidan tashqari, Whitney Artport veb-saytiga ega.Whitney tirik rassomning hech qanday asarini sotmaydi, chunki bu rassomning karyerasiga zarar yetkazishi mumkin, lekin tirik rassomning asarini oʻsha rassomning boshqa asari bilan almashtiradi.[28]

Galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kutubxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frances Mulhall Axilles kutubxonasi dastlab muzey asoschisi Gertruda Vanderbilt Whitney va Whitney muzeyining birinchi direktori Juliana Forsning kitoblari va maqolalari toʻplamlari asosida qurilgan tadqiqot kutubxonasidir. Kutubxona Nyu-Yorkning Gʻarbiy Chelsi hududida joylashgan.[29] Unda maxsus toʻplamlar va Whitney muzeyi arxivi mavjud. Arxiv[30] muassasa arxivlari, tadqiqot toʻplamlari va qoʻlyozma toʻplamlarini oʻz ichiga oladi. Institut arxivida 1912- yildan hozirgi kungacha boʻlgan koʻrgazma yozuvlari, fotosuratlar, kuratorlik tadqiqotlari qaydlari, rassomning yozishmalari, audio va video yozuvlar, vasiylarning hujjatlari mavjud.Ktuubxona fondidan oʻrin olgan toʻplamal:

  • Arshile Gorkiy tadqiqot toʻplami, 1920—1990-yillar
  • Edvard Xopper tadqiqot toʻplami, 1894-2000

Kutubxonadagi kitoblar va materiallar bilan muzey maʼlumotlar bazasidan tanishish mumkin.[29]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Whitney Museum of American Art“. The Saatchi Gallery. 2-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-aprel 2016-yil.
  2. „Breuer's Whitney: An Anniversary Exhibition“. Whitney Museum of American Art (1996). Qaraldi: 12-mart 2021-yil.
  3. Dunlap, David W.. „Art Studios Where Whitney Museum Was Born Will Admit Visitors“. New York Times (16-may 2016-yil). Qaraldi: 12-iyul 2016-yil.
  4. The Biography of Wilhelmina Weber Furlong: The Treasured Collection of Golden Heart Farm by Clint B. Weber, ISBN 0-9851601-0-1, ISBN 978-0-9851601-0-4
  5. The Whitney Museum Library archival items number 15405
  6. „Whitney Museum of American Art | History, Collection, New York, & Facts | Britannica“.
  7. Berman, Avis. Rebels on Eighth Street: Juliana Force and the Whitney Museum of American Art. New York: Atheneum, 1990. ISBN 9780689120862. 
  8. Allen. „MoMA On Fire“. greg.org (2-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 26-yanvar 2014-yil.
  9. 9,0 9,1 Gray, Christopher. „The Controversial Whitney Museum“. The New York Times (14-noyabr 2010-yil).
  10. 10,0 10,1 Vogel, Carol. „Rift in Family as Whitney Plans a Second Home“. New York Times (11-aprel 2010-yil).
  11. Anagnost, Adrian (2020). „Decentralize! Art, Power, and Space in the New York Art World“. Konsthistorisk Tidskrift/Journal of Art History. 89-jild, № 2. 100-125-bet. doi:10.1080/00233609.2020.1758205.
  12. 12,0 12,1 Brenson, Michael. „Museum And Corporation – A Delicate Balance“. New York Times (23-fevral 1986-yil).
  13. Glück, Grace. „Mogul Power At The Whitney“. New York Times (4-dekabr 1988-yil).
  14. William Grimes (June 22, 2011), Thomas N. Armstrong III, Museum Chief Who Once Led the Whitney, Dies at 78, New York Times.
  15. Carol Vogel (April 15, 2003), Whitney Scraps Expansion Plans New York Times.
  16. Carol Vogel (May 13, 2003), Director of the Whitney Resigns New York Times.
  17. Hard. „Zagat Buzz Blog: Danny Meyer's Untitled Debuts in The Whitney, March 28, 2011“. Zagat.com (28-mart 2011-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2013-yil.
  18. „Whitney Museum building by Renzo Piano gets its design right“. Boston Globe (2-may 2015-yil). Qaraldi: 2-may 2015-yil.
  19. Ellie Stathaki (October 16, 2013), Under Construction: The Whitney Museum’s new HQ by Renzo Piano in New York Wallpaper.
  20. Vogel, Carol. „The Museum Elevator as Immersive Art“. New York Times (6-iyun 2013-yil).
  21. 21,0 21,1 Smith. „New Whitney Museum Signifies a Changing New York Art Scene“. New York Times (30-aprel 2016-yil). Qaraldi: 1-may 2015-yil.
  22. Brooks. „12 Things To Search For At The Brand New Whitney Museum“. Huffington Post (1-may 2015-yil). Qaraldi: 2-may 2015-yil.
  23. Vogel, Carol. „Met Plans to Occupy the Whitney's Uptown Site“. New York Times (11-may 2011-yil).
  24. Harris, Gareth (January 1, 2016), "The Year Ahead: museums opening in 2016", The Art Newspaper, http://theartnewspaper.com/news/museums/the-year-ahead-museums-opening-in-2016/, qaraldi: January 5, 2016 Whitney muzey]]
  25. „New Whitney Museum makes waves on social media“. Wall Street Journal Blog (1-may 2015-yil). Qaraldi: 1-may 2015-yil.
  26. „Collection“ (en). whitney.org. Qaraldi: 3-yanvar 2020-yil.
  27. Lowry. „The Show Of Muscles At The Whitney Was Vitiated By – 06.07.76 – SI Vault“. Sportsillustrated.cnn.com (7-iyun 1976-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2013-yil.
  28. Pogrebin, Robin. „The Permanent Collection May Not Be So Permanent“. New York Times (26-yanvar 2011-yil).
  29. 29,0 29,1 „library.whitney.org“. library.whitney.org. Qaraldi: 26-yanvar 2014-yil.
  30. „Whitney Museum of American Art: Archives“. Whitney.org. 7-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-yanvar 2014-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]